https://oz.sputniknews.uz/20210928/rossiyada-sud-dogi-bolgan-haydovchilarga-taksida-ishlash-taqiqlanishi-mumkin-20679955.html
Rossiyada sudlanganligi bo‘lgan haydovchilarga taksida ishlash taqiqlanishi mumkin
Rossiyada sudlanganligi bo‘lgan haydovchilarga taksida ishlash taqiqlanishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya hukumati Davlat dumasiga sud dog‘i bo‘lgan kishilarga jamoat transportini boshqarish va kirakashlik qilishni taqiqlovchi qonun... 28.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-28T15:24+0500
2021-09-28T15:24+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
taksi
haydovchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1c/20679814_0:147:3117:1900_1920x0_80_0_0_f80bc293fddae191bb600ed02b94d5f8.jpg
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya hukumati Davlat dumasiga sud dog‘i bo‘lgan kishilarga jamoat transportini boshqarish va kirakashlik qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat mamlakat parlamenti quyi palatasining ma’lumotlarning elektron bazasida chop qilingan.Taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10-yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210908/moskvada-kuz-oyida-birinchi-haydovchisiz-taksi-ish-boshlaydi-20414981.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/1c/20679814_192:0:2923:2048_1920x0_80_0_0_14d2f4b7bbd6a0e8d36cff3b95228a48.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, taksi, haydovchilar
rossiya, taksi, haydovchilar
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Rossiya hukumati Davlat dumasiga sud dog‘i bo‘lgan kishilarga jamoat transportini boshqarish va kirakashlik qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat mamlakat parlamenti quyi palatasining ma’lumotlarning elektron bazasida
chop qilingan. Taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.
Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10-yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.