Mirziyoyev pulni shifoxonalarga emas bemorlarga berishni taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.09.2021
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati tibbiyot tizimini isloh qilish uchun davlat budjetidan kelgusi besh yilda 5 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev, pulni shifoxonalarga emas, bemorlarga berishni taklif etdi.
Bu haqda O‘zLiDep partiyasidan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyov bugun Farg‘onada bo‘lib o‘tayotgan saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.
"Xalqimiz sodda, shifokor davlat tomonidan ajratilgan o‘nta doridan uchtasini bersa ham rozi bo‘lib ketaveradi. Endi yangicha tartib joriy qilamiz – pulni shifoxonaga emas, bemorga beramiz”, – dedi Mirziyoyev.
“Kasal bo‘ldimi, hisobiga pul tushiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir shu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korrupsiya urchib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!", - deb qo‘shimcha qildi prezidentlikka nomzod.
Yangiliklar lentasi
0