Toliblar erkaklarga soqol olishni taqiqladi

© Sputnik / StringerParad spetsialnogo otrada talibov pod nazvaniyem "Mansuri" v provinsii Badaxshan
Parad spetsialnogo otrada talibov pod nazvaniyem Mansuri v provinsii Badaxshan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* Hilmand viloyatida erkaklarga soqol olishga cheklov qo‘ydi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. "Tolibon"* Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida erkalarga soqol oldirish va sochlarini zamonaviy kaltartirishga taqiq qo‘ydi, deya xabar bermoqda RIA Novosti "Tolibon"* ma’lumotlariga tayangan holda.
Ma’lum qilinishicha, muvaqqat hukumatning mutasaddi vazirligi erkaklarga sochlarini zamonaviy kaltartirmaslik va soqol oldirmaslikni tavsiya qilgan.
Ular bu haqda Hilmand viloyatining markazi hisoblangan Lashkargohdagi erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilishgan.
I.o. zamglavi sformirovannogo dvijeniyem Taliban* pravitelstva Afganistana Abdul Gani Baradar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
“Tolibon”* Tojikistonni Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi
Bir paytning o‘zida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tegishli Farmoyishda sartaroshxonalarda musiqa va madhiyani qo‘ymaslikka da’vat qilingan.
Bundan sal avvalroq Afg‘oniston OAVlari "Tolibon"* Afg‘onistondagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatib, o‘rniga diniy tartib-qoidaga rioya etilishini nazorat qiluvchi vazirlikni tashkil etgani to‘g‘risida xabar tarqatgan edilar.
Aytilishicha, “Tolibon”* vazirlikning eski nomini yangisiga almashtirishga ham ulgurgan.
Avgust oyi boshida AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi bilan "Tolibon"* hukumat kuchlariga hujumni faollashtirdi va 15-avgustda Qobulga kirib bordi. 31-avgustga o‘tar kechasi Qo‘shma Shtatlar o‘zining barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketdi va bu bilan AQShning mamlakatdagi missiyasi rasman yakunlandi. Shundan so‘ng, sentabr oyining boshida “Tolibon”* muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
* RFda ta’qiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0