Milliy gvardiya qo‘mondoni Kamondan otish federatsiyasiga rahbar etib saylandi

© Press-slujba Natsionalnoy gvardii UzbekistanaPredsedatelem federatsii strelbi iz luka izbran komanduyushiy natsionalnoy gvardiyey Rustam Djurayev
Predsedatelem federatsii strelbi iz luka izbran komanduyushiy natsionalnoy gvardiyey Rustam Djurayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
TOShKENT, 27 sen – Sputnik. O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev Kamondan otish federatsiyasiga rahbar etib saylandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Turizm va sport vazirligida O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev, mutasaddi tashkilotlar vakillari, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan delegatlar hamda murabbiylar va boshqa mutaxassislar qatnashdi.
“Kamondan otish federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev nomzodi taklif etilib, delegatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi”, - deyilgan xabarda.
Jo‘rayev bildirilgan ishonch uchun ishtirokchilarga minnatdorchilik izhor etib, kamondan otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirishda barcha kuch va imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, general-mayor Rustam Jo‘rayev 2020-yil martida Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lgan edi. U 2020-yilning sentabrida O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi rahbari etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0