BSST koronavirus kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruvlarni qayta tiklaydi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyZdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.
Zdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus kelib chiqishini o‘rganadigan mutaxassislarning yangi jamoasini to‘plamoqda
TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 pandemiyasiga sabab bo‘lgan virus kelib chiqishini o‘rganish ishlarini qaytadan tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
BSST vakillari ta’kidiga ko‘ra, pandemiyani yuzaga keltirgan sabablarning aniqlanishiga juda oz qolgan. Xitoy ushbu tashabbusiga qarshi chiqishi mumkinligiga qaramasdan, tashkilot 20 nafar olimdan iborat yangi jamoani to‘plashni rejalashtirmoqda. Ular safidan laboratoriya xavfsizligi va biohimoya, shuningdek, jonivorlar kasalliklari bo‘yicha mutaxassislar o‘rin olishi kutilmoqda.
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Uxanda olimlar 2018-yilda ko‘rshapalaklarga koronavirus yuqtirmoqchi bo‘lishgan-OAV
Bundan oldingi olimlardan iborat xalqaro guruh XXRda yanvar oyi o‘rtalaridan fevralgacha bo‘lgan edi. Ular Uxan virusologiya institutida, jumladan, virus sizib ketgani taxmin qilingan BSL-4 laboratoriyasi, "Xuanan" dengiz mahsulotlari bozori hamda kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazida bo‘lgan edilar.
Yakuniy hisobotga ko‘ra, SARS-CoV-2, katta ehtimol bilan, insonga ko‘rshapalakdan boshqa hayvonlar orqali o‘tgan: o‘xshash patogenlar pangolinlarda ham aniqlangan.
Biroq, BSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyesus virus manbasi aniqlanmagani bois, virusning laboratoriyadan sizib chiqqani aytilgan versiyani o‘rganishni davom ettirishga chaqirgan.
Letuchiya mish  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2020
Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri
Avgust oyi oxirida amerika razvedkasi SARS-CoV-2ning kelib chiqishi to‘g‘risida Jo Bayden uchun tayyorlagan hisobotdan ayrim ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Amerika razvedkasiga ko‘ra, koronavirus biologik qurol sifatida yaratilmagan bo‘lishi mumkin, Xitoy hukumati ham ehtimol, u haqda kasallik avj olmaguncha bilmagan.
Biroq, shunday bo‘lsa-da, surishtiruv ishtirokchilari yakuniy bir xulosaga kela olishmagan.
O‘z navbatida, Pekin, COVID-19 mavzusida ochiq va mas’uliyatli pozitsiyani egallagani haqida ko‘plab marotaba ta’kidlagan. XXR Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, pandemiya boshlangan vaqtdan e’tiboran Xitoy zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshlagan va patogenni aniqlab, barcha muhim ma’lumotlarni chop etgan.
Yangiliklar lentasi
0