Velosportni 2021–2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishVelosport. BMX
Velosport. BMX - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Velosport turlarini 2021–2022 yillarda rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
2022/2023 o‘quv yilidan quyidagilar tashkil etiladi:
Turizm va sport vazirligi tizimiga kiradigan Respublika velosport mahorat maktab-internati;
qo‘shimcha 25 ta bolalar-o‘smirlar sport maktablarida hamda sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar;
Buxoro, Qarshi, Navoiy va Termiz olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha bo‘limlar.
Respublika velosport mahorat maktab-internati o‘quvchilarining umumiy kontingenti 100 nafarni tashkil qiladi.
Mazkur maktab-internatiga velosport turlari bo‘yicha belgilangan sinov imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 2022/2023 o‘quv yilidan har yili 5-sinfga qabul qilinadi.
2022/2023 o‘quv yilidan:
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, barcha olimpiya zaxiralari kollejlarida velosport turlari bo‘yicha amaldagi o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi;
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus va Farg‘ona filiallarida velosport turlari bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ochiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston velosport federatsiyasi huzurida O‘zbekiston professional velosipedchilar sport klubi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Qarorga ko‘ra, har yili 3-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uzunligi 15–20 kilometrdan kam bo‘lmagan velomarafonlar tashkil qilinadi.
Avtomobilsiz kun - vazirlar bir kunga mashinadan voz kechishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
"Avtomobilsiz kun": Aziz Abduhakimov shaxsiy namuna ko‘rsatdi - video
Bundan tashqari, 2022-yildan har yili velosportning shosse (Road) va tog‘ (MTB) turlari bo‘yicha Toshkent viloyatida “Oqtosh-Chorvoq-Mountain”, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Samarqand viloyatida “Save-Aral” ko‘p kunlik xalqaro velopoygalari o‘tkaziladi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida veloshosse sport majmuasi quriladi.
Yangiliklar lentasi
0