Bolalar janjaliga aralashgan ota-onalar ma’muriy jazoga tortildi

© uznews.uzShevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda 4 nafar ota-onalarga nisbatan "Mayda bezorilik" bandi bo‘yicha ma’muriy jazo belgilandi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkentda bolalar janjaliga aralashgan ota-onalar ma’muriy jazoga tortildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, voqea 12-sentabr kuni Chilonzor tumani 15-mavzesida sodir bo‘lgan. O‘zaro janjallashib qolgan yosh bolalarni ajratishga chiqqan qarindoshlar 51 yoshli Liliya Ya., uning qizi 26 yoshli Diana I. va 32 yoshli Barnoxon R., uning turmush o‘rtog‘i 40 yoshli Jamshid R.lar o‘rtasida esa mojaro yuzaga kelgan. Kattalar bir-birini haqorat qilib, jamiyatda yurish turish qoidalarini buzishgan.
Shundan so‘ng Liliya Ya. Uchtepa tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha Liliya Ya., Diana I., Barnoxon R., Jamshid R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan (Mayda bezorilik) ma’muriy bayonnoma tuzilib tuman sudiga taqdim etilgan.
O‘zaro janjallashgan bolalardan hech kim sud tibbiy ekspertizadan o‘tmagan.
Ushbu vaziyatdan kelib chiqib, Toshkent shahar IIBB shahar aholisi va mehmonlarga quyidagi eslatma bilan chiqqan:
Hurmatli shahrimiz aholisi va mehmonlar! Siz o‘z harakatlaringiz bilan bolalarga o‘rnak bo‘lasiz, ularga namunasiz. Farzandingiz kelajakda yaxshi inson bo‘lib kamolga yetishi uchun avvalo o‘zingizni tarbiyalashdan boshlang. Qonunlarni, jamiyatda yurish-turish qoidalarini hurmat qilishda, ularga rioya etishda farzandingizga namuna bo‘ling!
P.S. Aytish joizki ushbu noxush hodisa Rossiya OAVlarigacha yetib keldi. Ular janjal millatchilik tufayli kelib chiqqanini aytib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolahani keltirishgan. Shu vaqtga qadar sobiq Ittifoq hududida O‘zbekiston eng mehmondust, millatchilik juda kam kuzatilgan respublikalar qatorida edi. Yuqoridagi kabi "videolavhalar", albatta, O‘zbekiston imidjiga katta zarar yetkazadi. Birinchi navbatda buni Rossiyada oila boqish ilinjida yurgan 1,1 million mehnat migrantlari his qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0