https://oz.sputniknews.uz/20210924/xalqaro--islom-akademiyasi-va-bulgor-islom-akademiyasi-orasida-hamkorlik-yolga-qoyiladi-20632519.html
Xalqaro islom akademiyasi va Bulg‘or islom akademiyasi orasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Xalqaro islom akademiyasi va Bulg‘or islom akademiyasi orasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tatariston islom akademiyalari orasida ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 24.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-24T10:06+0500
2021-09-24T10:06+0500
2021-09-24T10:07+0500
jamiyat
hamkorlik
islom dini
o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
tatariston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/18/20632833_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_dcc816c62e35a0e0f28ebefe00302729.jpg
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati. Islom akademiyasi rektori M.Komilov boshchiligidagi delegatsiya 23 sentabr kuni, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi Aynur Timerxonov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Komilov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hikoya qilib berdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasining tashkil etilishi, uning maqsad va vazifalari, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Akademiya huzurida tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida ham batafsil so‘zlab berildi. Mezbonlar tomonidan O‘zbekistonda islom ilmlarini chuqur o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi va Bulg‘or islom akademiyasi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham ilmiy-ma’rifiy sohalarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi. Xususan O‘zbekiston va Tatariston ta’lim maskanlari orasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari yoqlashda hamkorlik qilish borasida amaliy kelishuvlarga erishildi.
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/18/20632833_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a884cf5df441131b48a9b37d7bd51bdd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hamkorlik, islom dini, o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, tatariston
jamiyat, hamkorlik, islom dini, o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, tatariston
Xalqaro islom akademiyasi va Bulg‘or islom akademiyasi orasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
10:06 24.09.2021 (yangilandi: 10:07 24.09.2021) O‘zbekiston va Tatariston islom akademiyalari orasida ilmiy-ma’rifiy sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Tataristonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati.
Islom akademiyasi rektori M.Komilov boshchiligidagi delegatsiya 23 sentabr kuni, Tataristondagi Bulg‘or islom akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi Aynur Timerxonov bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Komilov O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hikoya qilib berdi. Xususan, Xalqaro islom akademiyasining tashkil etilishi, uning maqsad va vazifalari, bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Akademiya huzurida tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi haqida ham batafsil so‘zlab berildi.
Mezbonlar tomonidan O‘zbekistonda islom ilmlarini chuqur o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi va Bulg‘or islom akademiyasi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar yakunida ikkala tomon ham ilmiy-ma’rifiy sohalarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi. Xususan O‘zbekiston va Tatariston ta’lim maskanlari orasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, doktorlik va magistrlik dissertatsiyalari yoqlashda hamkorlik qilish borasida amaliy kelishuvlarga erishildi.