"Tolibon"* qachon yangi elchilar tayinlanishini aytdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishTablichka na stole predstaviteley dvijeniya "Taliban"
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
"Tolibon"* chet davlatlar Afg‘oniston yangi hokimiyatini tan olganidan so‘ng u yerda o‘z elchilarini tayinlashini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. “Tolibon”* Afg‘oniston yangi hokimiyatini tan olgan mamlakatlardagina yangi elchilar tayinlaydi. Bu haqda Afg‘oniston muvaqqat hukumatining madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabiulla Mujohid co‘zlariga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning ta’kidlashicha, harakat boshqa mamlakatlar tomonidan barvaqt tan olinishiga umid qiladi.
“Bu Rossiyaga ham tegishli. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Afg‘onistondagi yangi hukumat tan olinganidan keyin yangi elchi tayinlanadi” dedi u.
Avgust oyi boshida “Tolibon” * AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish vaqtida hukumat kuchlariga qarshi hujum boshladi va 15-avgustda Kobulga kirib keldi. 31-avgustga o‘tar kechasi Amerika Qo‘shma Shtatlari barcha harbiylarini Islom Respublikasidan olib chiqib ketganini e’lon qildi va bu mamlakatdagi missiyasini rasman yakunladi. Shundan so‘ng, “Tolibon” * 20-yillik urush tugaganini va sentabr oyining boshida harakat rahbarlariga asoslangan muvaqqat hukumat tarkibini e’lon qildi.
* Rossiyada ta’qiqlangan terrorchilik harakati.
Yangiliklar lentasi
0