O‘zbekiston $ 41,4 milliard investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti
Denejnie kupuri i moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati 2022-2024 yillar davomida amalga oshirish uchun umumyi qiymati 41,4 milliard bo‘lgan investitsion dastur ishlab chiqdi.
TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekiston 2022-2024 yillarda umumiy qiymati 41,4 milliard dollar bo‘lgan investitsiyalar jalb qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ishlab chiqqan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Yangi qonun, O‘zbekiston tomonidan yaqin ikki yil ichida jalb qilinishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar dasturidan iborat bo‘lib, uning ichiga respublika bo‘ylab 230 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari qurish va 50 mingta ish o‘rinlari yaratish dasturi kiritilgan.
Qonunda vazirliklar, viloyat hokimliklari, davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan investitsiyaviy loyihalarning ro‘yxati, ularning kvartalma-kvartal bajarib borilish rejasi va vakolatli organlar tomonidan nazorat qilib borish mexanizmi kiritilgan.
Undan tashqari investitsion dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha prezidentga oyma-oy hisobot berib borishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, 2020-yilda O‘zbekistonga kirib kelgan sof xorijiy investitsiyalar miqdori 1,7 mlrd. dollarni tashkil qilgan edi. 2019-yilda ushbu ko‘rsatgich 2,3 milliard dollarni tashkil qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0