https://oz.sputniknews.uz/20210923/kopchilik-prezidentlikka-nomzodlar-ortasidagi-telemunozaralar-tarafdori--sorov--20622001.html
Ko‘pchilik prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi telemunozaralar tarafdori – so‘rov
Ko‘pchilik prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi telemunozaralar tarafdori – so‘rov
Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqotni o‘tkazish vaqtida 91,8% o‘zbekistonliklar prezident saylovlari bo‘lib o‘tishidan xabardor ekanini bildirgan. 23.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-23T13:07+0500
2021-09-23T13:07+0500
2021-09-23T13:08+0500
jamiyat
o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021
so‘rov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1308/07/13080760_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ed649f6689cd6fca7be8603d0dfc49d9.jpg
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi prezident saylovlariga oid telefon orqali so‘rovning to‘rtinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi.Ma’lum qilinishicha, so‘rov 30-avgustdan 10-sentabrgacha o‘tkazilgan va unda respublikaning barcha hududlari aholisi qatnashgan.“Siz mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini kuzatib borasizmi” degan savolga aksariyat fuqarolar ijobiy javob berishgan. Shulardan 47,9% respondentlar mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan doimiy ravishda, 40,2% so‘ralganlar esa vaqti-vaqti bilan qiziqadi.Tadqiqotni o‘tkazish vaqtida 91,8% o‘zbekistonliklar prezident saylovlari bo‘lib o‘tishidan xabardor ekanini bildirgan. 60,5% so‘ralganlar saylovoldi kampaniyasini kuzatib borishini ta’kidlashgan.Telefon so‘rovida aniqlanishicha, 71,2% respondentlar saylov bo‘yicha tayyorgarlik haqidagi axborotni davlat televideniyesidan olmoqda. 46,5% so‘rov ishtirokchilari bo‘lajak saylov yangiliklari bilan internet orqali tanishishlarini aytishgan.32,8% respondentlar uchun asosiy axborot manbasi nodavlat TV kanallari hisoblanadi.So‘rov ishtirokchilari ularga mustaqil ekspertlar, olimlar, tahlilchilarning bo‘lajak siyosiy voqea hamda nomzodlar va ularning siyosiy ustuvorliklari haqidagi fikrlari, shuningdek, nomzodlarning saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlari qiziqarli ekanligini ta’kidlashgan.Eslatib o‘tamiz, 24 oktar kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga olingan. 20-sentabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga ruxsat berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210915/exht-ozbekistondagi-prezident-saylovlariga-250-nafar-kuzatuvchini-yuboradi-20503817.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1308/07/13080760_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_614d0ad6a0d1b35a5ef90cb9d1c10ec9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, so‘rov
jamiyat, o‘zbekistonda prezident saylovlari-2021, so‘rov
Ko‘pchilik prezidentlikka nomzodlar o‘rtasidagi telemunozaralar tarafdori – so‘rov
13:07 23.09.2021 (yangilandi: 13:08 23.09.2021) Tadqiqotni o‘tkazish vaqtida 91,8% o‘zbekistonliklar prezident saylovlari bo‘lib o‘tishidan xabardor ekanini bildirgan.
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi prezident saylovlariga oid telefon orqali so‘rovning to‘rtinchi bosqichi
natijalarini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘rov 30-avgustdan 10-sentabrgacha o‘tkazilgan va unda respublikaning barcha hududlari aholisi qatnashgan.
“Siz mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini kuzatib borasizmi” degan savolga aksariyat fuqarolar ijobiy javob berishgan. Shulardan 47,9% respondentlar mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan doimiy ravishda, 40,2% so‘ralganlar esa vaqti-vaqti bilan qiziqadi.
Tadqiqotni o‘tkazish vaqtida 91,8% o‘zbekistonliklar prezident saylovlari bo‘lib o‘tishidan xabardor ekanini bildirgan. 60,5% so‘ralganlar saylovoldi kampaniyasini kuzatib borishini ta’kidlashgan.
Telefon so‘rovida aniqlanishicha, 71,2% respondentlar saylov bo‘yicha tayyorgarlik haqidagi axborotni davlat televideniyesidan olmoqda. 46,5% so‘rov ishtirokchilari bo‘lajak saylov yangiliklari bilan internet orqali tanishishlarini aytishgan.32,8% respondentlar uchun asosiy axborot manbasi nodavlat TV kanallari hisoblanadi.
So‘rov natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, ochiq telemunozaralar prezidentlikka nomzodlarning siyosiy dasturlari haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli hisoblanadi. Ushbu fikrga telefon so‘rovining 46,5% ishtirokchilari qo‘shilishgan. 21,7% respondentlar esa nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokidagi tok-shoularga qiziqish bildirgan.
So‘rov ishtirokchilari ularga mustaqil ekspertlar, olimlar, tahlilchilarning bo‘lajak siyosiy voqea hamda nomzodlar va ularning siyosiy ustuvorliklari haqidagi fikrlari, shuningdek, nomzodlarning saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlari qiziqarli ekanligini ta’kidlashgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktar kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlarida XDPdan Maqsuda Vorisova, “Adolat” SDPdan Bahrom Abduhalimov, O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyev, "Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov hamda Ekologik partiyadan Oblomuradov Narzulla O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida
ro‘yxatga olingan. 20-sentabrdan boshlab prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqotlarini boshlashga
ruxsat berildi.