https://oz.sputniknews.uz/20210922/xorazmni-qoraqalpogiston-bilan-boglaydigan-koprik-loyihasiga-qancha-mablag-ajratilgan-20608746.html
Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik loyihasiga qancha mablag‘ ajratilgan
Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik loyihasiga qancha mablag‘ ajratilgan
Sputnik O‘zbekiston
Amudaryoda qurilayotgan ko‘prik Loyihaning qiymati 174 million dollar. 80 kilometrlik temir yo‘l va 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi. 22.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-22T17:06+0500
2021-09-22T17:06+0500
2021-09-22T17:33+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
xorazm viloyati
ko‘prik
amudaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/16/20608659_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_d380f254feb2bba918a8d9f1a98648b5.jpg
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Mirziyoyev ushbu ko‘prik loyihasi bilan o‘tgan yili dekabrda Xorazmga tashrifi chog‘ida tanishgan, ko‘p o‘tmay uning qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda qirg‘oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, ko‘prikning tayanch ustunlari qurilmoqda.Prezident qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.“Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat. Ajratilgan mablag‘ kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni o‘ylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak”, - dedi Mirziyoyev.Ma’lum qilinishicha, ko‘prik qurilgandan keyin Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.
xorazm viloyati
amudaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/16/20608659_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_8f2f522e527220b8e61d2d67ed6dfefd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qoraqalpog‘iston, xorazm viloyati, ko‘prik, amudaryo
jamiyat, qoraqalpog‘iston, xorazm viloyati, ko‘prik, amudaryo
Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik loyihasiga qancha mablag‘ ajratilgan
17:06 22.09.2021 (yangilandi: 17:33 22.09.2021) Amudaryoda qurilayotgan ko‘prik Loyihaning qiymati 174 million dollar. 80 kilometrlik temir yo‘l va 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Mirziyoyev ushbu ko‘prik loyihasi bilan o‘tgan yili dekabrda Xorazmga
tashrifi chog‘ida tanishgan, ko‘p o‘tmay uning qurilishi boshlangan edi. Bugungi kunda qirg‘oqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, ko‘prikning tayanch ustunlari qurilmoqda.
“Loyihaning qiymati 174 million dollar bo‘lib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yo‘l va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi ko‘prik barpo etiladi”, - deyilgan xabarda.
Prezident qurilish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
“Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada ko‘p yillar xalqimizga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun birinchi o‘rinda sifat. Ajratilgan mablag‘ kichkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni o‘ylab, elimga, yurtimga deb qurish kerak”, - dedi Mirziyoyev.
Ma’lum qilinishicha, ko‘prik qurilgandan keyin Xorazm viloyati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘l masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk tashish hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oshadi. Shuningdek, xalqaro tranzitlar uchun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxshilanib, aholining uzog‘i yaqin bo‘ladi.