Turkmanboshi Gurbanguli Berdimuhamedov komaga tushgan emas - diplomatlar

© AFP 2023 / Igor SasinPrezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov na axaltekinskom jerebse prinimayet uchastie v prazdnovanii Dnya loshadi v Ashxabade
Prezident Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov na axaltekinskom jerebse prinimayet uchastie v prazdnovanii Dnya loshadi v Ashxabade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Turkmaniston prezidenti kuni kecha hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni o‘tkazgan, yig‘ilish davomida hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan, deb ma’lum qilishgan Moskvadagi Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Sal avval Turkmaniston muxolifat blogerlari tomonidan tarqatilgan Turkmaniston yetakchisi Gurbanguli Berdimuhammedovning sog‘lig‘i yomonlashgani, jumladan u komadaligi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Moskvadagi Turkmaniston elchixonasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.
"Qator OAVlarda tarqatgan Turkmaniston prezidentining go‘yoki sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar, … mutlaqo yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi", - deb aytishgan Turkmaniston elchixonasi diplomatlari.
Gurbanguli Berdimuhamedov bir kun oldin hukumat rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan majlisni o‘tkazgan va unda hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilgan, deya ta’kidlanadi elchixona matbuot-xizmati xabarida.
Diplomatik idoraning aniqlik kiritishicha, "Turkmaniston prezidenti ishtirokidagi eng so‘nggi tadbirlarni turkmenistan.gov.tm saytiga kirib tomosha qilish mumkin".
Dushanba, 21-sentabr kuni davlat rahbari hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazgan. Tadbir doirasida Berdimuhamedov qator hujjatlarni imzolagan. Bundan tashqari, mamlakat mustaqilligining 30-yilligi sharafiga (bayram 27-sentabrda nishonlanadi) u 258 nafar turkmanistonlik va olti nafar chet ellik fuqarolarni afv etgan.
Yangiliklar lentasi
0