Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovUkazateli stansiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
Ukazateli stansiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
Voqea 18-sentabr kuni Toshkent metropolitenining “Olmazor” bekatida ro‘y bergan.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Toshkentda metro vagonida 13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlar qilishda gumon qilinayotgan erkak qidirilmoqda. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xabar qildi.
Voqea 18-sentabr kunining taxminan soat 17:00larda Toshkent metropolitenining "Olmazor" bekatida ro‘y bergan. Voya yetmagan qiz erkakning nomaqbul harakatlarini videoga olgan. Video internetda tarqatilgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda videokuzatuv moslamalari orqali noma’lum erkak kishining harakat yo‘nalishini o‘rganish va shaxsini aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Agar siz ushbu suratdagi erkak kishi haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki yaqin bo‘lgan ichki ishlar organiga xabar berishingizni so‘raymiz”, - deya iltimos qilgan boshqarma.
© Press-slujba MVD UzbekistanaV Tashkente raziskivayetsya mujchina, podozrevayemiy v sovershenii nepristoynix deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki
V Tashkente raziskivayetsya mujchina, podozrevayemiy v sovershenii nepristoynix deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
V Tashkente raziskivayetsya mujchina, podozrevayemiy v sovershenii nepristoynix deystviy v vagone metro v otnoshenii 13-letney devochki
Yangiliklar lentasi
0