O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lada avtomobillari sotuvi boshlandi - video

© Sputnik / Vadim ShekunMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lada avtomobillari sotuvi start berildi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Lada avtomobillari sotuvi boshlandi.
Birinchi Lada Vesta SW va Lada Xray avtomobillari respublika bo‘ylab savdo markazlariga olib kelindi.
"Xaridorlar respublikada yig‘ilgan modellarga katta qiziqish bildirishmoqda", - deb ma’lum qilindi RIA Novostiga Toshkent tumanlari biridagi dilerlik markazida.
Ilgariroq “Roodell” kompaniyasi respublikada “Lada” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar qilgandi.
Ta’kidlanishicha, yirik uzelli yig‘ish usulida (SKD) birinchi bo‘lib “Lada Vesta SW” va “Lada XRAY” modellarini ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan. Tez orada ular safiga “Lada Largus” ham qo‘shiladi.
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi “ADM Jizzakh” korxonasida avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, mahalliy yig‘ish “Lada” avtomobillarini iste’molchilar uchun (birinchi navbatda, kredit dasturlari va Trade-in tufayli) yanada arzonroq qiladi.
Yangiliklar lentasi
0