TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli berilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, “Xalq banki”ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek, uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Mo‘ynoq tumani aholisi 32,3 ming kishini tashkil etadi.
2021 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra Mo‘ynoq tumani aholisi 32,3 ming kishini tashkil etadi.
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida yashovchi har bir oilaga 5 mln so‘mdan bir martalik yordam puli berilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Orol dengizi fojiasi oqibatlaridan hammadan ko‘p jabr ko‘rgan Mo‘ynoq tumani xalqi har tomonlama qo‘llab-quvvatlash prezidentimizning e’tiborida”, - deyiladi xabarda.
Bir martalik pul yordami qishloq fuqarolar yig‘inlari kesimida sayyor kassalar orqali, “Xalq banki”ning Mo‘ynoq tuman filiali tomonidan, shuningdek, uylarga avtomashinalarda borib tarqatilmoqda.