https://oz.sputniknews.uz/20210922/holva-degan-bilan-rossiyalik-amaldor-erdogonga-javob-qaytardi-20609774.html
Holva degan bilan... rossiyalik mansabdor Erdo‘g‘onga javob qaytardi
Holva degan bilan... rossiyalik mansabdor Erdo‘g‘onga javob qaytardi
Sputnik O‘zbekiston
Turkiya prezidentining "Qrim anneksiyasi" haqidagi gaplariga rossiyalik mansabdorlar javob qaytardi. 22.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-22T17:59+0500
2021-09-22T17:59+0500
2023-04-05T18:34+0500
rossiya
turkiya
rejep tayyip erdog‘an
qrim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/05/15540600_0:22:1416:819_1920x0_80_0_0_8ed99d9792cf2bfb82f064bc63cb3991.jpg
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. “Holva” degan bilan og‘iz chuchimas deb javob berdiya Rossiya Federatsiya Kengashi a’zosi Sergey Sekov Turkiya prezidenti Toyiib Erdo‘g‘onning Qrim haqida aytgan so‘zlariga.Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Ukraina hududiy yagonaligini saqlab qolish, jumladan “anneksiya qilingan Qrimni” ham va u yerda yashayotgan qrim tatarlarining huquqlarini himoya qilishd kerak degan edi.Bunga javoban rossiyalik mansabdor yuqorida keltirilgan sharqona maqolni keltirdi va Erdo‘g‘on “Qrimni anneksiyasi” va uni tan olmasligigini necha marta aytmasin – hech narsa o‘zgarmaydi, dedi.Undan tashqari, ushbu yarim orol Ukraina tarkibida bo‘lgan vaqtlarda Turkiya qrim tatarlari haqida unchalik qayg‘urmasdi. O‘sha vaqtlar ularning muammolari hizirgidan ancha ko‘p edi.“Qrim tatarlarining muammolari yarim orol Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng tez va har tomonlama hal bo‘la boshladi. Erdo‘g‘on bo‘lsa, o‘zining bunday bayonotlari bilan tatarlar orasida qarama-qarshilik keltirib chiqarmoqda va Qrim barqarorligiga xavf solmoqda. Mana shu narsa bizlarni xavotirlantirmoqda”, - dedi Sekov.Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Erdo‘g‘onning ushbu bayonotiga mutlaq qo‘shilmasligini va ushbu so‘zlar Turkiya prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida aytilganidan afsusda ekanini ma’lum qildi.
turkiya
qrim
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/05/15540600_71:0:1171:825_1920x0_80_0_0_67c9e58e54774f7decdfcdfb039cabe2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, turkiya, rejep tayyip erdog‘an, qrim
rossiya, turkiya, rejep tayyip erdog‘an, qrim
Holva degan bilan... rossiyalik mansabdor Erdo‘g‘onga javob qaytardi
17:59 22.09.2021 (yangilandi: 18:34 05.04.2023) Turkiya prezidentining "Qrim anneksiyasi" haqidagi gaplariga rossiyalik mansabdorlar javob qaytardi.
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. “Holva” degan bilan og‘iz chuchimas deb javob berdiya Rossiya Federatsiya Kengashi a’zosi
Sergey Sekov Turkiya prezidenti Toyiib Erdo‘g‘onning Qrim haqida aytgan
so‘zlariga. Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Ukraina hududiy yagonaligini saqlab qolish, jumladan “anneksiya qilingan Qrimni” ham va u yerda yashayotgan qrim tatarlarining huquqlarini himoya qilishd kerak degan edi.
Bunga javoban rossiyalik mansabdor yuqorida keltirilgan sharqona maqolni keltirdi va Erdo‘g‘on “Qrimni anneksiyasi” va uni tan olmasligigini necha marta aytmasin – hech narsa o‘zgarmaydi, dedi.
“Erdo‘g‘on vaziyatga sog‘lom nazar bilan qarab, Qrim tarixini esga olsa, uning har doim Rossiya bilan bog‘liq bo‘lganini, Rossiyaga pravoslav dini kirib kelishi o‘sha yerdan boshlanganini, hozir ham u yerda juda ko‘p ruslar yashayotganini va u yerda Qora dengiz harbiy flotining asosiy bazasi joylashganini tushunsa yaxshi bo‘ladi. Qrim Rossiya tarkibida abadiy qoladi”, - dedi Sekov.
Undan tashqari, ushbu yarim orol Ukraina tarkibida bo‘lgan vaqtlarda Turkiya qrim tatarlari haqida unchalik qayg‘urmasdi. O‘sha vaqtlar ularning muammolari hizirgidan ancha ko‘p edi.
“Qrim tatarlarining muammolari yarim orol Rossiyaga qo‘shilganidan so‘ng tez va har tomonlama hal bo‘la boshladi. Erdo‘g‘on bo‘lsa, o‘zining bunday bayonotlari bilan tatarlar orasida qarama-qarshilik keltirib chiqarmoqda va Qrim barqarorligiga xavf solmoqda. Mana shu narsa bizlarni xavotirlantirmoqda”, - dedi Sekov.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Erdo‘g‘onning ushbu bayonotiga mutlaq qo‘shilmasligini va ushbu so‘zlar Turkiya prezidentining Rossiyaga tashrifi arafasida aytilganidan afsusda ekanini ma’lum qildi.