Xalqaro jamg‘armalar krediti evaziga qishloq infratuzilmasi quriladi – yangi qonun

© Press-slujba AO “Uzsuvtaminot”Vodoprovodchik kopayet transheyu
Vodoprovodchik kopayet transheyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Xalqaro bank va jamg‘armalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 170ta mahalla infratuzilmasini yaxshilash loyihalari uchun kredit ajratdi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. O‘zbekiston viloyatlarida xalqaro moliya jamg‘armalari mablag‘i evaziga qishloq joylarda infratuzilma loyihalari rivojlantiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining yangi qarorida aytib o‘tilgan.

Xususan, Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 20-yil muddatga ajratilayotgan jami 275 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlar evaziga qishloq hududlarida infratuzilmaviy va aholi turmush tarzini yaxshilashga mo‘ljallangan loyihalara amalga oshiriladi.

Ushbu mablag‘lar evazidan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi. Kredit muddati 20-yil bo‘lib, dastlabki 5-yil imtiyozli muddat hisoblanadi.
Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshiriladi;
Loyihani amalga oshirish doirasida QQS davlat tomonidan to‘lab beriladi;
Loyiha doirasida xorijdan olib kiriladigan tovarlar bojdan ozod qilinadi;
Ijrochi tashkilotlar va subijrochilar ochiq va shaffof usulda tanlab olinadi;
ITB va OPEK bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu Loyihani amalga oshirish davri 5-yilni (2021-2025) tashkil etadi. Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0