So‘nggi ikki yilda xiyonat tufayli oilaviy ajrashishlar ikki barobarga oshdi

© Pexels / Alena DarmelIzmena
Izmena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti direktori O‘zbekistonda ajrimlarning omillari haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar-iyun oylarida 19,4 ming ta oila ajrashgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva ma’lum qildi.
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyatlarida oxirgi 5-yil davomida o‘z oilasidan ajrashgan 400 dan ortiq shaxslar bilan so‘rov o‘tkazgan.
So‘rov natijalariga ko‘ra, oilaviy ajralishlarning eng ko‘p uchraydigan sabablari er va xotin o‘rtasida doimiy maishiy-psixologik darajadagi kelishmovchiliklar, o‘zaro mehrning yo‘qligi (30,2%), er-xotinning oila a’zolarining oilaning turmushiga doimiy aralashuvi, ular bilan kelishmovchilik (21,2%), oilaviy xiyonat (17,1%) hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yilda xiyonat tufayli oilaviy ajrashishlar ikki barobarga oshgan.
Ssora mejdu mujchinoy i jenshinoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2020
Eng ko‘p ajralish qaysi hududda qayd etildi
10,3 foizi respondentlar oilaning iqtisodiy ahvolini o‘nglay olishganida ajralish yuz bermasligini mumkinligini ta’kidlaganlar. Bundan tashqari, 12 foiz ayollar turmush o‘rtog‘i ishga kirishi ham shunday omil bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida fikr bildirgan.

Respondentlarning atigi 0,9 foizi “ajralishning hech qanday yomon oqibati bo‘lmadi, ajrashganimdan xursandman” deya javob bergan. E’tiborli jihati, erkaklar bu javobni umuman tanlamagan, ya’ni erkaklar orasida ajrashganligidan mamnunlar uchramagan.
So‘rovda ishtirok etgan ajrashgan shaxslarning yarmidan ko‘prog‘i (51,5%) oilani saqlab qolishning imkoni bor edi deb hisoblagan.
Yangiliklar lentasi
0