Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik postlari tashkil etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPost radom s bivshey gostinitsey Rossiya
Post radom s bivshey gostinitsey Rossiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi.
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. “Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Rinok Malika v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
IIBB xodimlari “Malika” bozorida reyd o‘tkazishdi
Qarorga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
- yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
- xizmatga jalb qilingan naradlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
- tadbirkorlar mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0