Quvonch industriyasi: O‘zbekistonda o‘yinchoq sanoati qay ahvolda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik)
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiya davrida dunyo miqyosida transport, turizm, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalar kasodga uchragan bo‘lsada, o‘yinchoq sanoati 30 % o‘sdi. O‘zbekistonda ham shunday o‘sish kuzatildimi?
O‘yinchoq ishlab chiqarish sanoati dunyoda serdaromad sohalardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda uzoq yillar davomida bu bozor chet el mahsulotlari bilan to‘ldirib kelingan edi. 2017-yilda qabul qilingan Prezident Qaroridan keyin tizimda qanday o‘zgarishlar yuz berdi? Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan o‘yinchoqlar xorij mahsuloti bilan raqobat qila olayaptimi? Oddiy xaridorlar o‘yinchoqlarga qanday talablar qo‘yishadi? Bu haqda Sputnik muxbirining maqolasida so‘z boradi.
Qo‘g‘irchog‘im Natasha, yeb qo‘yibdi ko‘p kasha...
Bolalik davrining eng yaqin hamrohlari – o‘yinchoqlardir. Qadimda oddiy yog‘ochdan yoki loydan yasalgan soddagina o‘yinchoqlar bugun ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida tayyorlanmoqda. O‘zbekistonda 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 10 175 819 nafar (2021 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra) ekani e’tiborga olinsa, bu bozorning imkoniyatlari qanchalik keng ekani oydinlashadi. To‘g‘ri, bu yerda chaqaloqlar ham hisobga olingan, lekin chaqaloqlar o‘yinchoq o‘ynamaydi degan xayolga asti bora ko‘rmangki, beshiklarga rang-barang shaqildoqchalarni osib qo‘yadigan – o‘zimiz. Xo‘sh, ana shu moddiy va ma’naviy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega sohaning bugungi ahvoli qanday?
1/3
2/3
3/3
1/3
2/3
3/3
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi uch yildagi tug‘ilishlar soni quyidagicha: 2018-yilda – 768 520; 2019-yilda – 814 960; 2020-yilda esa 841 817 nafar. Ya’ni aholi soni muttasil va tez sur’atlarda ortib borayapti. O‘yinchoqlar industriyasi shu shiddat ortidan qanchalik ulgurayotgani yoki ulgurmayotgani haqidagi savol nihoyatda muhim, albatta. Chunki buning ortida yangi korxonalar, o‘n minglab ish o‘rinlari, milliardlagan pul aylanmalari, budjetga tushumlar hamda bularning baridan-da ustun jihat – bola quvonchi va ma’naviy to‘g‘ri shakllanishi masalasi turibdi.
Avvalboshdan boshlaydigan bo‘lsak, bir oz tarixga qaytishga to‘g‘ri keladi. Bir vaqtlar Toshkentda butun mintaqaga dong taratgan “Tosho‘yinchoq” zavodi faoliyat yuritgan. Katta avlod vakillari mazkur korxona mahsulotlarini yaxshi eslashadi. Zavod nima sababdan o‘z faoliyatini to‘xtatganiyu qancha vaqt bo‘sh yotganini aniqlash – maqolamiz maqsadiga kirmaydi. Bir narsa aniqki, “Tosho‘yinchoq” zavodining 12 ming kv. metrli asosiy binolari va inshootlari uzoq muddat davomida bo‘sh qolib, ishlab chiqarish liniyalari yaroqsiz holga kelib qolgan...”. Bu O‘zbekiston Prezidentining Toshkent shahrida bolalar buyumlari va o‘yinchoqlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonani tashkil etish yuzasidan 2017-yil 6-iyulda qabul qilingan Qaroridan ko‘chirma.
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Qaror e’lon qilingandan so‘ng oradan to‘rt yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Bu orada matbuotda, jumladan Sputnik saytida ham mazkur hududda yangi korxonalar ish boshlagani haqida ayrim xabarlar va fotoreportajlar berildi. Biz esa ushbu maqola orqali O‘zbekistonda umuman o‘yinchoq sanoatining ahvoli, yutuq-kamchiliklari, mutaxassislar fikri va yechimini kutayotgan masalalar haqida fikr yuritmoqchimiz.
Darvoqe, bundan 30-40 yil ilgari jajji qizaloqlar sevib kuylagan “Qo‘g‘irchog‘im Natasha...”dagi o‘sha qo‘g‘irchoqlar ham aynan shu “Tosho‘yinchoqda” tayyorlangan...
Har yomonning bir yaxshisi bor...
O‘yinchoqlar industriyasi tendensiyalarini o‘rganib chiqqan Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri Ibodulla Hotamovning ma’lum qilishicha, jahon o‘yinchoqlar bozorining daromadlari 2023-yilga kelib 120 milliard dollardan oshadi. Bu davrga qadar sohaning yalpi yillik o‘rtacha o‘sishi (CAGR) 4 % ni tashkil etadi.
Keyingi ikki yilda eng urf so‘zga aylangan pandemiya bu sohaga ham ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Xoh ishoning, xoh ishonmang – yaxshi ma’noda. Sababi juda oddiy: 2020-yilda ko‘plab davlatlarda ta’lim muassasalari karantinga yopildi. Har xil bayramlar, tadbirlar bekor qilindi. Bog‘chaga, maktabga qatnaydigan bolajonlarimiz uyda qoldi. Ota-onalar esa ularni band qilish maqsadida o‘yinchoqlar olib berishdi. Natijada savdo ko‘rsatkichlari keskin ortdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim xorij kompaniyalari bu borada 30 foizlik o‘sishni qayd etgan. Mana sizga hamma yomonlagan pandemiyaning ijobiy tarafi. Har yomonning bir yaxshisi bor, deb shuni aytsalar kerak-da...
Sifat zo‘r, faqat buyurtma yo‘q
Sobiq “Tosho‘yinchoq” zavodi hududida bugun 5 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Biz shulardan ikkitasi bilan bevosita tanishdik. Yonma-yon joylashgan ikkita korxonada ikki xil holat. Biri – “Neshnl Prodeks”. Yelim o‘yinchoqlar ishlab chiqaradi.
Renat Kenzabayev – korxona direktori: “Misol uchun, 57 ta detaldan iborat o‘yinchoq mashinalarni biz 25 ming so‘mdan chiqaramiz, bozorda 100 ming so‘mgacha, undan ham qimmat sotiladi. Vaholanki, sotuvchilar bilan shartnoma tuzayotganda, ustama narxni 10 foizdan oshirmaslik ko‘rsatilgan bo‘ladi. Lekin qo‘ldan-qo‘lga o‘tib, xaridorga yetib borguncha... O‘zimiz sotaylik desak, firma do‘konimiz yo‘q, do‘kon ochaylik desak, soliqlar baland, ijara puli qimmat”.
Korxona 2019-yilda bir marta eksportga mahsulot chiqargan ekan. O‘shandan beri tashqi bozor mavzusi yopiq. Bu yerda jami 30 kishi ishlaydi, lekin xodimlarning yarmi ta’tilga chiqarilgan.
“Pandemiya bizga yomon ta’sir qildi, buyurtma yo‘q, deydi Renat aka. Bundan tashqari, xom ashyo masalasi chatoq. “O‘z-Kor Gaz”da chiqadigan polipropilenni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilolmaymiz, birja orqali olish kerak. Oqibatda, xom ashyo yetkazib berishda uzilishlar bo‘ladi. Mana shunday masalalar hal etilsa, xorij bozoriga bemalol chiqishimiz mumkin. Negaki, bizning o‘yinchoqlarimiz xavfsizlik va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha Yevropa standartlariga javob beradi. Bu balandparvoz gap emas, tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan”.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Neshnl Prodeks) - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Neshnl Prodeks) - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Neshnl Prodeks) - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Neshnl Prodeks) - Sputnik O‘zbekiston
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Hamma gap qolipda...
Mazkur hududda faoliyat yuritayotgan korxonalardan yana biri – “Polimer plastik” MChJ. Uning asoschisi Alijon Yusupov bu sohada katta tajribaga ega, o‘z faoliyatini “Tosho‘yinchoqda” boshlagan. Bu yerda ish avjida ekan – Qirg‘izistonga navbatdagi partiya jo‘natilayotgani ustidan chiqdik.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovProizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik)
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik)
“Bu qutilarda o‘yinchoq bouling, qizaloqlar uchun har xil idishlar, yig‘ma Legolar bor, deydi Alijon aka. Qirg‘izistondan tashqari, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Ozarbayjonga eksport qilamiz. 2019-yilda 400 ming, o‘tgan yili 500 ming dollarlik mahsulotimizni chetga sotdik. Bu yilgi ko‘rsatkichimiz 20-25 foiz yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Hozir Turkiya bozoriga kirish bo‘yicha muzokaralar olib borayapmiz”.
Ichki bozorda esa uchta firma do‘koni faoliyat yuritadi. Mahsulot turi jami 300 dan ortadi. Ayniqsa, bog‘chalardan buyurtma ko‘p.
Alijon aka bizga ikkita o‘yinchoq ekskavator ko‘rsatdi. Biri Germaniyada, ikkinchisi shu korxonada tayyorlangan. Tashqi ko‘rinishi, hajmi o‘xshash, bajaradigan funksiyasi ham bir xil. Faqat narxida farq bor: xorijniki 10 yevro (126 000 so‘m), mahalliysi 0,75 sent (taxminan 8 000 so‘m). Bu qoliplarning sifati bilan belgilanadi.
Har ikkala ishlab chiqaruvchi bilan suhbatdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, o‘yinchoq sanoatida eng qimmat narsa – press qolip ekan. O‘yinchoqdagi har bir shaklning o‘z qolipi bor. Bitta o‘yinchoq esa yuqorida ko‘rganimizdek, o‘nlab detallardan iborat bo‘lishi mumkin. Deyarli har biri uchun alohida qolip zarur. Eng qizig‘i, ma’lum bir shakldagi o‘yinchoqni ishlab chiqarish to‘xtatilsa, uning qolipi ham o‘z-o‘zidan keraksiz matohga aylanadi.
“Vaholanki, Turkiyada bitta qolip 25 ming dollar turadi, to bizga yetib kelguncha yanada qimmatlashadi”, deydi Renat aka.
“O‘zbekistonda qolip ishlab chiqaruvchilar, nari borsa, o‘ntadan oshmaydi” – Bu Alijon akaning fikri.
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik) - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik) - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Proizvodstvo igrushek v Uzbekistane (Polimer plastik) - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Uch tonna qo‘g‘irchoq
Statqo‘mdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonda inson qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqarish hajmi 1,6 tonnani (bu ko‘rsatkich tonnada hisoblanar ekan) tashkil etgan, 2020-yilda esa – 3 tonna. Jonivorlar va boshqa mavjudotlar ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar bo‘yicha pasayish bor – mos ravishda 117 293 va 39 363 dona. O‘yinchoq poyezdlar, yig‘ma o‘yinchoqlar hamda konstruktorlar – 46 va 27 tonna. G‘ildirakli o‘yinchoqlar, qo‘g‘irchoqlar uchun aravachalar ishlab chiqarish ham sezilarli kamaygan – 1 140,5 hamda 584,5 tonna. Boshqotirma o‘yinchoqlar ishlab chiqarish hamjmining pasaygani ayniqsa achinarli – 36 574 va 6 210 dona.
O‘yinchoq boshqotirmalarga talab yo‘q deyolmaymiz – ularga nafaqat bolalar, hatto kattalar ham qiziqadi. Demak, hosil bo‘ladigan bo‘shliqni import hisobiga to‘ldirishga to‘g‘ri keladi. Darvoqe, import haqida. O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 33 ta mamlakatdan qiymati 9,4 mln. dollarga teng o‘yinchoqlarni import qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda, 3,8 mln. dollarga ko‘p demakdir. Bu borada yaqqol yetakchi – Xitoy – 8,3 mln. dollar. Ikkinchi o‘rindagi Tojikistonning ko‘rsatkichi – 516,9 ming.
Arzonning sho‘rvasi tatimas
Toshkentda o‘yinchoqlar bilan savdo qiladigan do‘konlarning son-sanog‘i yo‘q. Ularda ham mahalliy, ham xorijiy mahsulotlarni uchratish mumkin. Farzandingizning qiziqishi, aniqrog‘i hamoningiz imkoniyatlariga qarab, istaganingizni tanlayverasiz. Toshkentning asosan markaziy hududlarida faoliyat yuritadigan mashhur o‘yinchoq do‘konlari tarmog‘i mavjud. Mazkur do‘konlar asosan yuqori daromadga ega mijozlarni jalb etadi. Bu yerda 6-7 yoshli qizaloqlar uchun “Barbi” qo‘g‘irchoqlari 200 ming so‘mdan 3 mlngacha, o‘g‘il bolalarning “moshinachasi” 700 ming so‘mgacha. Sal yoshi kattaroqlar uchun ko‘rinishi “dahshat” avtomobillar 1,5 milliondan 5-6 milliongacha. Lekin sifati ham shunga yarasha – yuqori.
Xalq bozori – “O‘rikzor”da shaklan shunga o‘xshash qo‘g‘irchoq 40-50 ming so‘m, “moshinacha”lar 10 ming so‘mdan 100 ming so‘mgacha. Bu yerda ham bir qarashda kishi aqlini shoshiradigan, tashqi ko‘rinishi chiroyli ishlangan ajabtovur o‘yinchoqlarni uchratish mumkin. Narxlari markazdagi do‘konlardan ancha arzon. Faqat sifat masalasi oqsaydi.
“Lekin sifatli ekan deb, hammayam qimmat o‘yinchoq olib berolmaydi. Bizni talabimiz bitta – ham sifatli, ham arzon bo‘lsin! Qo‘g‘irchoqlar qizlarda ibo-hayoni, nazokatni shakllantirishga xizmat qilsin” – bu nabiralarini yetaklab o‘yinchoq rastalarini oralayotgan onaxonning so‘zlari.
Salohiddin amaki: “O‘g‘il bolalar albatta o‘yinchoqlarning ichida nima borligini bilgisi keladi. Sindirib bo‘lsa-da, ochib ko‘radi. O‘zimiz ham shunaqa edik. Ishlab chiqaruvchilar ana shu tarafini inobatga olishlari kerak. Toki bola o‘sha o‘yinchoqni bo‘laklarga ajratib, ko‘ngli joyiga tushgandan keyin, uni yana qayta yig‘ish mumkin bo‘lsin”.
Hikmat aka: “Bundan tashqari, xavfsizlik masalasi nihoyatda muhim. Ilgari o‘yinchoqlarda sifat belgisi bo‘lar edi. Hozirgilarida yopishqoq qog‘ozda necha yoshli bolaga mo‘ljallangani yozilgan bo‘ladi. Bu qog‘oz zavodda yopishtirilganmi yoki sotuvchilarning o‘z “ijodi”mi, bilib bo‘lmaydi”.
Ismini sir tutgan xaridor: “Bola borki, o‘yinchoqni buzadi, sindiradi. Bunisi mayli, lekin ayrim o‘yinchoqlarni uyga yetkazib borishga ulgurmaysiz, yo‘lning o‘zida buzilib bo‘ladi. Sal insofam kerak-da, ishlab chiqaruvchilar!”
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak sozdayutsya igrushki: fotoreportaj s tashkentskoy fabriki
Kak sozdayutsya igrushki: fotoreportaj s tashkentskoy fabriki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Kak sozdayutsya igrushki: fotoreportaj s tashkentskoy fabriki
“Muzqaymoqni chet elniki desa...”
Toshkentdagi “Optima Best Plast” korxonasi bolalar maydonchalari uchun jihozlar ishlab chiqaradi. Ichki bozorda qiziqish oz emas, kuni kecha BMT Taraqqiyot dasturidan har bir viloyatga mana shunday to‘plamlar yetkazib berish bo‘yicha buyurtma olindi. Mazkur korxona asoschilari o‘z faoliyatini o‘yinchoq ishlab chiqarishdan boshlagan.
“Bir zamonlar bo‘ldi, ichki bozorimizni to‘laligicha xorijliklarga berib qo‘ydik. O‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori edi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyati esa to‘xtab qolgandi. Bizning korxonamiz 2012-yilda ish boshlagan. Bolalar uchun obruchlar, Lego to‘plamlari, o‘yinchoq bouling kabi mahsulotlarni chiqarganmiz. Albatta, bu bozorni qoplash uchun yetarli emasdi. 2017-yilgi Qarordan so‘ng vaziyat o‘zgardi”, deydi korxona vakili.
Suhbatdoshimizning so‘zlariga ko‘ra, ish jarayonida ba’zan qiziq voqealar ham ro‘y berar ekan. Yangi tashkil etilgan bog‘lardan birini jihozlash uchun korxona vakillari o‘z mahsulotlarini taklif etishadi. Biroq mutasaddilar uncha ruyxush bermaydi. Oradan ikki-uch kun o‘tib, ularning mahsulotini Toshkentda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan turkiyalik hamkorlar ko‘rib qoladi va bir-ikkita namunasini olib, o‘sha bog‘ ma’muriyatiga ko‘rsatishadi. Mutasaddilar “Ha bu boshqa gap, chet elliklar yomon narsa taklif qilmaydi” deya o‘sha mahsulotlarni boqqa o‘rnatishga shartnoma imzolaydi...
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDetskaya ploshadka vo dvore doma v Tashkente
Detskaya ploshadka vo dvore doma v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Detskaya ploshadka vo dvore doma v Tashkente
“Mahsulotlarimizga chet elda ham qiziqish bor. Yaqinda Qozog‘istonlik bir mijoz xususiy bog‘cha uchun to‘plam sotib oldi. Lekin chegaradan o‘tkazish nihoyatda murakkab bo‘ldi. Chunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarining o‘z talablari bor, hujjatlashtirishda qiyinchilik kelib chiqadi. Tadbirkorlikni rivojlantirishga mas’ul idoralar mana shunday masalalarda kichik korxonalarga yordam bersa, ayni muddao bo‘lar edi”.
“Landi-landi, o‘yinimiz boshlanmadi...”
Psixolog Iroda Hakimovaning fikriga ko‘ra, 21-asrga kelib harakatli o‘yinlar kamayib ketgani bor gap. Bu hech kimni ajablantirmay ham qo‘ydi. Lekin chuqurroq o‘ylab ko‘rilsa, harakatli o‘yinlar ozaygani faqatgina bolalar jismonan kamharakat bo‘lib qolayapti, degani emas. Bu – bola jamoada o‘zini tutishi, jamoa manfaatlarini o‘z manfaatlaridan ustun qo‘yishi, do‘stlarni himoya qilish, sheriklariga yaxshilik qilish kabi fazilatlar shakllanishidan ma’lum miqdorda mahrum bo‘lishi demakdir.
“Bolaga o‘yinchoq tanlayotganda, tashqi ko‘rinishiga jiddiy e’tibor berish kerak, deydi suhbatdoshimiz. Toki uning rangi, shakli, tuzilishi agressiya uyg‘otmasin, aksincha, quvonch, shodlik baxsh etsin. Bola o‘yinchoqlarda ko‘rganini o‘z hayotiga tadbiq etishga harakat qiladi. Shuning uchun depressiv, mayus o‘yinchoqlarni olib berishdan oldin o‘ylab ko‘ring. Bundan tashqari, ayrim Barbi qo‘g‘irchoqlari o‘ta zamonaviy kiyintirilgan bo‘ladi. Demak, qizaloq ham unga o‘xshashni xohlaydi va shunday liboslar olib bering, deb ota-onasiga xarxasha qiladi. Qolaversa, bunday qimmat qo‘g‘irchoqlarni quchoqlab bo‘lmaydi, ko‘ylagi g‘ijim bo‘lib qoladi. Bolaga bag‘riga bosadigan o‘yinchoqlar olib berish kerak, toki unda mehr ulashish istagi shakllanib borsin”.
Xuddi Kumushbibiday...
Dono opa Muhamedova hunarmandlar oilasida katta bo‘lgan. Buvisiga qiziqib, o‘zi ham kichik yoshidan chevarlik bilan shug‘ullangan, turli “fason”lar kashf qilgan ekan.
Dono Muhamedova: “Ilgaridan qo‘l mehnatiga qiziqqanman. Milliy qo‘g‘irchoqlar tayyorlay boshlaganimga taxminan to‘rt yil bo‘ldi. Ba’zan bozorlarda ko‘rib qolaman, har xil ko‘rinishdagi qo‘g‘irchoqlarga milliy kiyimlar kiydirib qo‘yishadi. Lekin... Mening qo‘g‘irchoqlarimga chet elliklar ko‘proq qiziqish bildiradi. Esdalik uchun sotib olishadi. Narxi 200 ming so‘mdan 500 ming so‘mgacha. O‘zimning o‘nta qiz nabiram bor. Hammasining tug‘ilgan kunida shu qo‘g‘irchoqlarimdan sovg‘a qilaman, jon deb o‘ynaydi”.
Dono opa shu kunlarda milliy ruhdagi kompozitsiyalar yaratishni yo‘lga qo‘ydi. Quyidagi suratlarda siz “Sovchilar”, “Aravada kelin”, “Alla”, “Bozor”, “O‘zbek xonadoni”, “Kelin salom”, “Ibn Sino”, “Amir Temur”, “Choyxona” kabi mavzulardagi ijod namunalaridan bahra olishingiz mumkin. “Aravada kelin” kompozitsiyasiga qarab, zamonaviy ZAGSlarda xo‘jako‘rsin uchun qo‘sha-qo‘sha mashinalar ovora qilinayotgan bir zamonda, asli ziynat kamtarlikda ekani yodingizga tushadi, “Kelin salom”da iymanibgina turgan kelinchakning labi ustidagi xolini ko‘rib esa Qodiriyning Kumushbibisimi deysiz...
“O‘yinchoq ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kuchaytirilsa, ayni muddao bo‘lar edi, deydi Dono opa. Masalan, muzeylarda milliy kompozitsiyalar bor, lekin juda jo‘n ishlangan. Mana bunday kompozitsiyalarni muzeylarga joylashtirsa, qanchalab sayyohlar bahra oladi”.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane (Dono Muxamedova)
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
1/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane (Dono Muxamedova)
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
2/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
3/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
4/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
1/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane (Dono Muxamedova)
2/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
3/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
4/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
5/5
Izgotovlenie traditsionnix kukol v Uzbekistane. Master Dono Muxamedova.
Yangiliklar lentasi
0