O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi qonun bilan mustahkamlanadi

© Sputnik / Kirill Shipitsin / Mediabankka o‘tishVrachi vo vremya operatsii
Vrachi vo vremya operatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, respublikada 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Muhokamada Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na prezentatsii itogov razvitiya xirurgicheskoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Prezident transplantologiya sohasini rivojlantirishni topshirdi
Qayd etilishicha, respublikada 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari, ya’ni 10 foizi jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatda jami 10 ta jigar transplantatsiyasi amalga oshirilgan.
Istiqbolda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yiliga 250 taga yetkazish, jigar transplantatsiyasini esa yiliga 50 taga yetkazish rejalashtirilgan.
Shuningdek, yurak transplantatsiyasini joriy etish va yiliga 50 ta amaliyot hamda o‘pka transplantatsiyasini yo‘lga qo‘yish va yiliga 30 ta amaliyotni bajarish nazarda tutilgan.
Tadbirda so‘zga chiqqan senatorlar inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini xorijda katta mablag‘ va vaqt sarflamasdan O‘zbekistonda ham amalga oshirish mumkinligiga urg‘u berdilar. Shuningdek, inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu bois, mazkur qonun loyihasida aniq tartiblar belgilab berilayotganligi ta’kidlandi.
Lechenie bolnix s COVID-19 v GKB №52 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2021
O‘zbek shifokorlari ilk bor jigar transplantatsiyasi amaliyotini mustaqil amalga oshirishdi
Yangiliklar lentasi
0