O‘zbekistonda AI-98 markali benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravochnaya kolonka
Zapravochnaya kolonka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun muvofiqlik sertifikati olingan
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Buxoro neftni qayta ishlash zavodida AI–98 yuqori sifatli etellanmagan benzin ishlab chiqarish o‘zlashtirildi, deb xabar berdi "O‘zbekneftgaz" AJ matbuot xizmati.
"Buxoro neftni qayta ishlash zavodi yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzinini sanoat darajasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi va o‘z mahsulotlari qatorini yana bir marka bilan boyitib, yuqori oktanli AI–98 avtomobil benzini bilan to‘ldirdi", - deyiladi xabarda.
AI–98 markali avtomobil benzini, asosan, siqish darajasi 12 dan 14 gacha bo‘lgan dvigatelli avtomobillarda ishlatiladi. AI–98 benzini yuqori detonatsiyaga qarshi xususiyat (oktan xarakteristika)lari tufayli dvigatel quvvatini oshiradi hamda tezlanish dinamikasini yaxshilaydi, tebranish, shovqin darajasini pasaytiradi, shuningdek, yonilg‘i sarfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Zapravshik zapravlyayet avtomobil na AZS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2021
Markaziy Osiyoda eng arzon benzin qayerda?
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (“O‘zstandart”) tomonidan AI–98 avtomobil benzinini seriyali ishlab chiqarish uchun O‘zDSt 3031:2015 “Avtomobil benzinlari. Texnik shartlar” muvofiqlik sertifikati olindi.
Ta’kidlanishicha, AI–98 avtomobil benzinining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi va 380 tonna hajmdagi benzinning fizik-kimoviy xususiyatlari standartga binoan muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan joriy yilning sentabr–dekabr oylarida 36,5 ming tonna AI–91, 13,1 ming tonna AI–92 1,4 ming tonna AI–95, shundan 848 tonnasi “QuWatt” rusumidagi yuqori oktanli avtobenzin ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Shuningdek, 14,9 ming tonna Yevro–4, 11,4 ming tonna Yevro–5 rusumidagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqarilishi, 2021-yilning ikkinchi yarim yillik yakuniga qadar “Uzbekneftegaz GTL” sintetik kerosinini saqlash uchun 5 000 kub metr hajmda 2 dona saqlash sig‘imlarini qurish ishlarini yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0