Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Migratsiya

Moskva viloyati va Moskva shahri migratsiya markazlari birlashtiriladi

© Press-slujba MMTSMnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr v Moskve
Mnogofunktsionalnыy migratsionnыy tsentr v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yil oxiriga qadar Moskva viloyati Migratsiya markazi Moskva shahar migratsiya markazi bilan birlashtiriladi.
TOSHKENT, 21 sen — Sputnik. Putilkovo posyolkasida joylashgan Moskva viloyati Migratsiya markazi Moskva shahar Migratsiya markazi (Saxarovo)ga koʻchib oʻtadi. Bu haqida Moskva Iqtisodiy departamenti amaldori Kirill Purtov “Kommersant” nashriga xabar qildi.

“Biz Markazning (Saxarovo - tahr.) odam qabul qilish quvvatini hisoblab chiqdik va bunday imkoniyat borligiga amin boʻldik. Ushbu Markaz katta miqdordagi migrantlarga xizmat koʻrsatish uchun qurilgan. Putilkovoning bu yerga koʻchirilishi qoʻshimcha bosim boʻlmaydi”, - dedi Purtov.

Maʼlumot uchun, Saxarovo qishlogʻida joylashgan Moskva Migratsiya markazi Rossiyada eng yirik markaz boʻlib, uning quvvati sutkasiga 7,5 ming kishini tashkil qiladi.
Amaldor aytishiga koʻra, “Saxarovo”da qoʻshimcha korpuslar qurishga toʻgʻri kelmaydi, lekin ayrim jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va qoʻshimcha “oynalar” ochishga toʻgʻri kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan soʻng Rossiyada mehnat migrantlari oqimi kamayishi kuzatildi. Soʻnggi vaqtlarda "Saxarovo" markazi ham toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0