Moskva viloyati o‘rmonlarida migrant murdasi bo‘laklari topildi

© Sputnik / Maksim BogodvidPolitsiya
Politsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Muqaddam sudlangan migrant murdasidan faqat oyoq va qo‘l qismlari qolgan. Bu shavqatsiz qotillik sababalari noma’lumligicha qolmoqda.
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Moskva viloyatida erkak jasadining bo‘laklari topildi deb xabar bermoqda "Moskovskiy Komsomoles" ga tayanib Sputnik Tojikiston.
Mudhish hodisa Podolsk o‘rmonlarida sodir bo‘lgan. Lekin, ren.tv versiyasiga ko‘ra, murda garaj kooperativida topilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari murdaning ma’lum bir qismlarini: oyoq va qo‘llarini topishgan. Aniqlanishicha, barmoq izlari tekshirilganida, o‘ldirilgan migrant 53 yoshli Tojikiston fuqarosi bo‘lib chiqqan, u ilgari Sankt-Peterburgda yashaganligi aniqlangan.
Tezkor xodimlar ishni sifatli bajarganligi oqibatida, tezlik bilan gumonlanuvchi qo‘lga olingan: u Moskva shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli shaxs bo‘lib chiqdi. Dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u qotillikni amalga oshirgandan so‘ng, marhumning jasadini burdalagan, lekin, qotillik dalillarini yo‘qotishga ulgurmagan.
Yangiliklar lentasi
0