https://oz.sputniknews.uz/20210921/har-bir-viloyatdagi-bittadan-tuman-innovatsion-hududga-aylantiriladi--ibrohim-abdurahmonov-20588872.html
Har bir viloyatdagi bittadan tuman innovatsion hududga aylantiriladi – Ibrohim Abdurahmonov
Har bir viloyatdagi bittadan tuman innovatsion hududga aylantiriladi – Ibrohim Abdurahmonov
Sputnik O‘zbekiston
Innovatsion rivojlanish vazirining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada “Aqlli shahar” dasturini bajarish muhim vazifalardan biri sanaladi. 21.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-21T17:09+0500
2021-09-21T17:09+0500
2021-09-21T17:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi
ibrohim abdurahmonov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20588817_0:68:1291:794_1920x0_80_0_0_0ff02364d95296ef7e5b97969ee31403.jpg
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Har bir viloyatdagi bittadan tumanni innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli amaliyotiga asoslangan “Aqlli shahar” dasturini bajarish, milliy infrastrukturani rivojlantirish, xalqaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish, samarali yondashuvlar va mexanizmlar integratsiyalashuvi vazirlik oldida turgan muhim vazifalardan. Pirovardida bu “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda shaharning muhandislik, uy-joy, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi.Yaqin kunlarda shu tumandagi Talabalar shaharchasida texnopark ochilishi kutilmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega innovatsion texnopark faoliyatining samarali tashkil etilishi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar uchun hamda soha rivojida muhim rol tutadi. Mazkur innovatsion texnopark xorijiy ilg‘or davlatlar tajribalarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu talaba yoshlarga katta imkoniyatlar beradi. Ushbu innovatsion infratuzilmada 500 ta startap korxonalar hamda 120 ta ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish mumkin.Innovatsion rivojlanish vazirligi Koreya hukumatidan Toshkent shahrida barpo etiladigan Aqlli shaharning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun grant mablag‘larini qo‘lga kiritgan. 2021-yilning aprel oyida vazirlik Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan aqlli shaharsozlik grant dasturida ishtirok etib, Toshkent shahrida Xalqaro innovatsion qurilish kompleksi va zamonaviy yo‘ldosh shahar – Smart sitini barpo etish loyihasining bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi loyihani taqdim etgan. Iyun oyida esa loyiha grant dasturi doirasida tanlab olindi va tasdiqlandi. Loyihaning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun Koreya tomoni mustaqil konsalting kompaniyasini jalb etishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20191114/ozo-kompaniyasi-Toshkentdagi-Alli-shaar-loyiasini-amalga-oshirishda-rdam-beradi-12798125.html
https://oz.sputniknews.uz/20190629/Artikkhodzhaev-Toshkent-missiyasi-aida-poytakht-allilar-shariga-aylanishi-kerak-11893291.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/15/20588817_71:0:1218:860_1920x0_80_0_0_9bd200651ed6d9d0070948a6a77c6b06.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , ibrohim abdurahmonov
jamiyat, o‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi , ibrohim abdurahmonov
Har bir viloyatdagi bittadan tuman innovatsion hududga aylantiriladi – Ibrohim Abdurahmonov
Innovatsion rivojlanish vazirining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada “Aqlli shahar” dasturini bajarish muhim vazifalardan biri sanaladi.
TOShKENT, 21 sen – Sputnik. Har bir viloyatdagi bittadan tumanni innovatsion hududga aylantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov
Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ibrohim Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda respublikada xorijiy davlatlarning muvaffaqiyatli amaliyotiga asoslangan “Aqlli shahar” dasturini bajarish, milliy infrastrukturani rivojlantirish, xalqaro investitsiya loyihalarini amalga oshirish, samarali yondashuvlar va mexanizmlar integratsiyalashuvi vazirlik oldida turgan muhim vazifalardan. Pirovardida bu “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda shaharning muhandislik, uy-joy, ijtimoiy va innovatsion infratuzilmasini rivojlantirishga olib keladi.
“Vazirligimiz binosi poytaxtning Olmazor tumanida joylashgani bois, “Aqlli shahar” elementlarini shu tumandan boshlashimiz tabiiy. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanida joriy etish, o‘zaro manfaatdor yo‘nalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish ishlari boshlab yuborilgan”, - deydi Abdurahmonov.
Yaqin kunlarda shu tumandagi Talabalar shaharchasida texnopark ochilishi kutilmoqda. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega innovatsion texnopark faoliyatining samarali tashkil etilishi Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Turin politexnika universitetidagi jami 36 ming talaba, 2 mingdan ziyod professor-o‘qituvchilar uchun hamda soha rivojida muhim rol tutadi.
Mazkur innovatsion texnopark xorijiy ilg‘or davlatlar tajribalarini o‘rganish asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu talaba yoshlarga katta imkoniyatlar beradi. Ushbu innovatsion infratuzilmada 500 ta startap korxonalar hamda 120 ta ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish mumkin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Koreya hukumatidan Toshkent shahrida barpo etiladigan Aqlli shaharning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun grant mablag‘larini qo‘lga kiritgan. 2021-yilning aprel oyida vazirlik Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan aqlli shaharsozlik grant dasturida ishtirok etib, Toshkent shahrida Xalqaro innovatsion qurilish kompleksi va zamonaviy yo‘ldosh shahar – Smart sitini barpo etish loyihasining bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda texnik yordam ko‘rsatishni nazarda tutuvchi loyihani taqdim etgan. Iyun oyida esa loyiha grant dasturi doirasida tanlab olindi va tasdiqlandi.
Loyihaning bosh rejasi va texnik iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun Koreya tomoni mustaqil konsalting kompaniyasini jalb etishi ko‘zda tutilgan.