"Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan RF Davlat Dumasiga saylovlarda g‘olib bo‘ldi

© Sputnik / Mixay Karaus / Mediabankka o‘tishRossiyskie flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva
Rossiyskie flagi na izbiratelnom uchastke v zdanii predstavitelstva Rossotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada saylov yakunlari e’lon qilindi. G‘olib partiyalar beshligidan KPRF, LDPR, "Spravedlivaya Rossiya za pravdu" va "Novie lyudi" partiyalari o‘rin olgan
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. "Yedinaya Rossiya" partiyasi 49,82% ovoz bilan Rossiya Davlat Dumasi deputatligiga o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
"Saylov bulletenlari 100 foiz sanalgach, Yedinaya Rossiya" 49,82 % ovoz bilan Davlat Dumasiga yetakchilikni saqlab qolgani, KPRF — 18,93 ovoz bilan ikkinchi o‘rinni, LDPR — 7,55 foiz ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagani ma’lum bo‘ldi", - deb xabar qildi MSK.
Predstavlenie v SIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k viboram v Gosdumu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
O‘zbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi
Shuningdek, "Spravedlivaya Rossiya — za pravdu" — 7,46 foiz ovoz, "Novie lyudi" — 5,32 foiz ovoz bilan yetakchi beshlikdan o‘rin olgan.
Shu tariqa, RF Davlat Dumasiga besh foizli elektoral to‘siqni yenggan holda beshta partiya o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya Davlat Dumasi saylovlar 17-sentabrdan 19-sentabrga qadar bo‘lib o‘tdi.
MSK rahbari Ella Pamfilovaning so‘zlariga ko‘ra, Parlament saylovlarida ovoz beruvchilarning 51,68 foizi qatnashgan, yakuniy natijalar esa, juma kuni, 24-sentabrda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0