https://oz.sputniknews.uz/20210920/xorazmdagi-ythda-jurnalist-said-maxsumov-halok-boldi-20569377.html
Xorazmdagi YTHda jurnalist Said Maxsumov halok bo‘ldi
Xorazmdagi YTHda jurnalist Said Maxsumov halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda “Tacuma” va “Isuzu” to‘qnashishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri “Xalq so‘zi” nashrining muxbiri. 20.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-20T15:53+0500
2021-09-20T15:53+0500
2021-09-20T15:53+0500
hodisalar
yth
xorazm viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20569320_90:0:1210:630_1920x0_80_0_0_ef85dfc1431b07fc0d4de2dae7295dc2.jpg
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.Hodisa 19-sentabr kuni soat 23:35 larda mhtumandagi Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida sodir bo‘lgan. 25 yoshli “Tacuma” haydovchisi A.M. va 51 yoshli “Isuzu” haydovchisi B.M. o‘zaro to‘qnashib ketgan.Xabarda yozilishicha, “Tacuma” haydovchisi A.M. hodisa joyida vafot etgan, avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar esa shifoxonada vafot etishgan.Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu avtohalokatda “Xalq so‘zi” nashrining muxbiri Said Maxsumov ham halok bo‘lgan. U Nukusda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro baxshi festival-tanlovi ning yoritilishida qatnashgan.O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist Said Maxsumovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib hamdardlik bildirgan.Maxsumov Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.35 yoshli jurnalist faoliyatini “Ma’rifat” gazetasida boshlab, shu kungacha "Xalq so‘zi" gazetasida faoliyat yuritib kelotgan edi.
xorazm viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20569320_230:0:1070:630_1920x0_80_0_0_9ba6f14780e832fbb85e02b11302ba9c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , yth, xorazm viloyati
hodisalar , yth, xorazm viloyati
Xorazmdagi YTHda jurnalist Said Maxsumov halok bo‘ldi
Xorazmda “Tacuma” va “Isuzu” to‘qnashishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri “Xalq so‘zi” nashrining muxbiri.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati
xabar bermoqda.
Hodisa 19-sentabr kuni soat 23:35 larda mhtumandagi Sarimoy qishlog‘i hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 493-kilometrida sodir bo‘lgan. 25 yoshli “Tacuma” haydovchisi A.M. va 51 yoshli “Isuzu” haydovchisi B.M. o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Xabarda yozilishicha, “Tacuma” haydovchisi A.M. hodisa joyida vafot etgan, avtomobil yo‘lovchilari S.M. shifoxonaga olib ketilayotganda, R.J. va A.Q.lar esa shifoxonada vafot etishgan.
Mazkur YTH yuzasidan O‘zbekiston JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu avtohalokatda “Xalq so‘zi” nashrining muxbiri Said Maxsumov ham halok bo‘lgan. U Nukusda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro baxshi festival-tanlovi ning yoritilishida qatnashgan.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi jurnalist Said Maxsumovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib hamdardlik bildirgan.
Maxsumov Toshkent viloyatining Parkent tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
35 yoshli jurnalist faoliyatini “Ma’rifat” gazetasida boshlab, shu kungacha "Xalq so‘zi" gazetasida faoliyat yuritib kelotgan edi.