Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga geosiyosiy tanlov qo‘ymaydi – Rudenko

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZamglavi MID RF Andrey Rudenko
Zamglavi MID RF Andrey Rudenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Rossiyaning hech qanday maxfiy kun tartibi yo‘qligini bildirdi.
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari oldiga geosiyosiy tanlov qo‘yish rejasi yo‘q. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko “Valday” klubining “Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Bizning Markaziy Osiyodagi siyosatimiz - maksimal darajada ochiq. Bizning hech qanday maxfiy kun tartibimiz yo‘q. Mintaqadagi barcha mamlakatlar bilan ishonch asosida teng huquqli hamkorlik o‘rnatishga intilyapmiz. Buni uddasidan chiqapmiz deb o‘ylayman.
Zamestitel ministra inostrannix del RF Andrey Rudenko, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Andrey Rudenko
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari
Rudenko Rossiyaning boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, mintaqa mamlakatlarini “kim bilansiz: ”Rossiya bilan yoki Rossiyaga qarshi?”, degan geosiyosiy tanlov qarshisida qoldirish g‘oyalari yoki rejalari yo‘qligini ta’kidladi.
Shuningdek, diplomat Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik uchun qulay sharoitlarni yaratish muhimligini urg‘uladi.
Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun ustuvor vaziyafalardan biri – bu mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishi.
Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlangan – Rossiya TIV
Yangiliklar lentasi
0