Perm universitetida otishma: qurbonlar bor

© Sputnik / Aleksey Romanov / Mediabankka o‘tishStrelba v universitete v Permi
Strelba v universitete v Permi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.09.2021
Obuna bo‘lish
Hozir hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, u yaralangani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning Perm davlat universitetida otishma ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, qurollangan yosh yigit travmatik quroldan o‘t ochgan. Rossiya Tergov qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi yarador bo‘lgan.
Talaba va o‘qituvchilarning bir qismi auditoriyalarda berkinib olishgan. Ayrimlar esa – ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarga ko‘ra – derazalardan sakrab, omon qolishga urinishgan.
Hozir hujum qilgan shaxs qo‘lga olingan, u yaralangani aytilmoqda. Uning shaxsi aniqlangan va bu universiteti talabasidir.
“Tergov tomonidan u haqidagi ma’lumotlar to‘planmoqda, voqeaning barcha tafsilotlari aniqlanmoqda”, - dedi Rossiya Tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko.
Rossiya JKning qotillik moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hukumat qurbonlar oilalariga va jabrlanganlarga yordam berishga va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0