Imron Xon: Afg‘oniston hukumati tarkibini o‘zgartirish borasida muzokaralar boshladim

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Pakistana Imran Xan
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Obuna bo‘lish
Pokiston toliblar bilan Afg‘oniston hukumati tarkibini o‘zgartirish borasida muzokaralar boshladi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Pokiston “Tolibon”* radikal harakati vakillari bilan Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzish masalasi yuzasidan muzokaralar boshladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Imron Xon o‘z Twitterʼdagi sahifasi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Dushanbeda “Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlardan, ayniqsa, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uzoq munozalardan so‘ng” toliblar bilan Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish yuzasidan muzokaralar boshlagan.
“Men “Tolibon”* bilan tojiklar, hazoralar va o‘zbeklar ishtirokida Afg‘onistonning inklyuziv hukumatini tuzish masalasi bo‘yicha muzokaralar boshladim”, - deya yozgan siyosatchi.
Imron Xonning ta’kidlashicha, bu mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shadi. O‘zgarishlar nafaqat Afg‘oniston, balki butun mintaqaga foyda keltiradi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Premyer-ministr Pakistana Imran Xan i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na peregovorax v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0