Davlat dumasiga saylovlar qanday bo‘lib o‘tmoqda: xalqaro kuzatuvchilar baholari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishYediniy den golosovaniya v Rossii
Yediniy den golosovaniya v  Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Obuna bo‘lish
YeXHTning o‘z kuzatuvchilarini Rossiyaga yuborishdan bosh tortishi zamiri ostida nima yotganini MDH Parlamentlararo assambleyasi a’zolari Sputnik nashriga bergan eksklyuziv intervyusida tushuntirishdi.
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiyada Davlat dumasiga deputatlar saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Ilk marta ovoz berish uch kun davom etadi. Qolaversa, nafaqat saylov uchastkasiga tashrif buyurib, balki onlayn ovoz berish ham imkoniyati yaratilgan.
Rossiya saylovlarining yangi shakli butun MDH uchun tendensiyaga aylanadimi? YeXHTning Rossiyaga o‘z kuzatuvchilarini yuborishdan bosh tortishi jarayonga ta’sir ko‘rsatadimi va Yevroparlamentning Davlat dumasiga saylovlar natijalari borasidagi bayonotini qanday baholash mumkin? Bu haqda MDH Parlamentlararo vakillari – Qozog‘iston parlamenti senati raisi o‘rinbosari, MDH Parlamentlararo kuzatuvchilari muvofiqlashtiruvchisi Askar Shakirov va MDH Parlamentlararo kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari, Monitoring taraqqiyoti xalqaro instituti direktori Ivan Mushket Sputnik nashriga bergan intervyusida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Gap faqat pandemiyada emas

Bu yilgi saylovlar pandemiyaning misli ko‘rilmagan sharoitida o‘tkazilmoqda va Rossiya fuqarolar uchun barcha xavfsizlik choralarini ta’minlay oldi, deb hisoblaydi Askar Shakirov.
“Biz tashrif buyurgan uchastkalarning bari jihozlangan, karantin choralariga qat’iy rioya qilishmoqda. Biz kuzatuvchilarni so‘roqqa tutdik va barcha himoya vositalari, sanitayzerlar borligini bilamiz”, - dedi u va uchastkaga kirishda nafaqat saylovchilarning, balki OAV vakillari hamda xalqaro kuzatuvchilarning harorati o‘lchanganini qo‘shimcha qildi.
Shu bilan unutmaslik zarurki, Rossiyaga pandemiyaga qadar elektron ovoz berish to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqishni boshlagandi va avvalo saylovlarni takomillashtirilgan qaratilgan, deydi Askar Shakirov. “Masofaviy shaklni turli jihatlarni ko‘rib chiqish darkor, nafaqat pandemiya nuqtayi nazaridan, - deydi Shakirov.- U keksa yoshdagilar va imkoniyati cheklanganlarni himoya qilishni nazarda tutadi, mamlakatdan tashqarida bo‘lganlar uchun ham qulay, ular ham ovoz berishlari mumkin. Infratuzilmalar talablarga mos keladi, elektron blyuletenlar to‘xtamasdan ishlab turibdi”.
V Samarkande nachalos golosovanie  na viborax deputatov Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2021
Samarqandda Rossiya Davlat dumasi saylovlariga ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda
Duma saylovlarida 14 ta siyosiy partiyalar qatnashmoqda, MDH Parlamentlararo esa ularning vakillari bilan uchrashdi, deydi Ivan Mushket.

Elektron ovoz berish – MDH uchun bo‘lajak trend?

Askar Shakirov elektron ovoz berish amaliyotini avvalo rossiyaliklarning o‘zi baholashi lozimligini qayd etadi. “Lekin men butun guruhimiz fikrini bildiraman – bu tajriba o‘rganishga arzirli, - deydi u. – Zamonaviy trendlar ko‘plab mamlakatlar uchun umumiy”.
Raqamlashtirish nafaqat Rosiyada, balki mamlakatlarda ham rivojlanmoqda, deb qo‘shimcha qiladi Ivan Mushket. “Biz allaqachonlar axborot jamiyatida yashayapmiz, uning o‘z chaqiriqlari bor, biz yana bunga javoban turli texnologiyalarni rivojlantirapmiz, - deya tushuntiradi u va Moldovani misol qilib keltiradi. – Bu yil “Raqamlashtirish va saylovlar” monografiyasini tayyorladik, bu mamlakatdagi zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotini o‘rgandik. Shuningdek, raqamli texnologiyalar Qirg‘izistonda rivojlangan”.
Biroq tan olish zarur: aholining bir qismi elektron ovoz berishga ishonchsizlik bilan qaraydi, deb aniqlik kiritadi Ivan Mushket. “Odamlar o‘ylashadiki, qutiga bulleten tashlash bu boshqa, mashina esa buni qanday hisoblaydi? Shu bois masofaviy ovoz berish rivojlanadi va boshqa Hamdo‘stlik mamlakatlariga stimul beradi. Lekin bu juda tez ro‘y beradi va ertaga hamma onlayn ovoz berishni boshlaydi deb o‘ylamayman. Kimdir elektron qurilmalardan foydalanishda uncha kuchli emas, aholi bilan tushuntirish ishlari olib borish kerak bo‘ladi”.

Ovoz berishga nega uchun uch kun kerak

Duma saylovlaridagi yana bir yangi keng muhokama uchun sabab bo‘ldi. Duma deputatlarni saylov tarixida ilk bor uch kun saylash mumkin. Ammo bundan hech qanday g‘ayri tabiiylik yo‘q, deydi Askar Shakirov.
“Bu vaqt mobaynida ko‘p odamlarni qamrab olish mumkin. Odamlar huquqini himoya qilishni nazarda turib, biz ularning barchasiniki himoya qilish zarurligini aytamiz”, - deydi u.
Predstavlenie v SIK Rossii dokumentov politicheskix partiy k viboram v Gosdumu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
O‘zbekiston Rossiya Davlat dumasi saylovlariga kuzatuvchilar delegatsiyasini yubordi
Ivan Mushket uning fikriga qo‘shiladi.

G‘arb bayonotlari nomaqbul

MDH Parlamentlararodan farqli o‘laroq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi (YeXHT DIIHB) o‘z kuzatuvchilarini Rossiyaga yuborishdan bosh tortdi. Askar Shakirov bunday qaror afsuslanishni keltirib chiqaradi.
“Saylovlar – bu nafaqat ularni o‘tkazish jarayonini nazorat qilish, - deb tushuntiradi u o‘z nuqtayi nazarini. – Bu fikrlar bilan o‘zaro almashish hamdir, bu boshqa mamlakatlar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tavsiyanomalarni ishlab chiqish. Men kuzatuvchilar vakili sifatida aytishim mumkinki, qonun buzilishlari aniqlanmadi. Biz umume’tirof etilgan normalarga tayanamiz – bu, xususan, MDHda demokratik saylovlar standartlari to‘g‘risidagi konvensiya (Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga ishtirokchi davlatlarda demokratik saylovlar, saylovga doir huquqlar va erkinliklar standartlari to‘g‘risidagi konvensiya – tahr.)”.
O‘tgan safargi saylov jarayonlarini monitoring qilishda MDH Parlamentlararo yevropalik hamkorlar bilan fikr almashgandi, muloqot borgandi, deydi Ivan Mushket. “Ularni taklif qilishmadi, ular kelishmadi – bu ularning qarori, lekin boshqa muhim jihat bor. Demokratiya kurtaklarini parvarishlovchi tashkilot kelishi va saylovlar qanday o‘tayotganini ko‘rishi mumkin edi”.
Ammo ayrim tashkilotlar muddatidan avval bayonotlar berishdan tap tortmayapti, deydi Mushket Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga o‘z ma’ruzasida Davlat dumasi saylovlari natijalarini tan olmaslikka tayyor bo‘lishga tavsiya qilgan Yevroparlamentni nazarda tutgan holda.
“Kelish o‘z xulosalarini chiqarish lozim, bo‘lmasa bu axloq-odob jihatdan nomaqbul. Ko‘pchilik siyosatchilar bu haqda gapirishmoqda, guruhimiz ham o‘z fikrlari bilan almashmoqda. Ha, men o‘ylaymanki, bu nomaqbul xatti-harakati”, - deya xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0