Jahon banki Markaziy Osiyoda ommaviy migratsiyani bashorat qildi

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishFerganskaya dolina v Uzbekistan
Ferganskaya dolina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.09.2021
Obuna bo‘lish
Jahon banki hisobotiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi tufayli qariyb 2,5 million aholi yashash joylarini tark etishga majbur bo‘ladi.
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Jahon bankining Groundswell hisobotida aytilishicha, iqlim o‘zgarishi tufayli qariyb 2,5 million aholi yashash joylarini tark etib, o‘z mamlakatlarining boshqa qismlariga ko‘chishga to‘g‘ri keladi.
2050 yilga kelib Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada 5,1 milliongacha "iqlim" migrantlari (umumiy prognoz qilingan aholining 2,3%) paydo bo‘lishi mumkin. Pessimistik ssenariyga ko‘ra, ulardan 2,4 milliongacha Markaziy Osiyo davlatlarida yashaydi.
Mujchina neset produkti dalnoboyshikam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2020
Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
Prognozlarga ko‘ra, "iqlim" migrantlar oqimi zonalari Toshkent atrofidagi yerlar, Farg‘ona vodiysi va Tojikiston janubidagi pasttekisliklar, shu jumladan Dushanbe va Qozog‘iston shimolidagi shaharlar - Nur-Sulton, Qarag‘an, Kostanay bo‘lishi mumkin.
Bu versiya Markaziy Osiyoning bu qismlarida suv ta’minoti va ekinlar hosildorligining kutilayotgan o‘sishi bilan bog‘liq.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Farg‘ona vodiysi va Tojikistonga tutash hududlar, shuningdek Qozog‘istonning janubiy chegarasi va Bishkek atrofidagi hududlar "iqlim" migrantlar boradigan joy bo‘lishi mumkinligi hisobotda qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyoning ushbu mintaqalarida suv mavjudligi va ekinlar hosildorligining pasayishi bilan bog‘liq.
Amudaryo bo‘yida joylashgan O‘zbekiston janubi va Sharqiy Turkmanistonning kichikroq hududlari ham "iqlim" migrantlar uchun potensial chiqib ketish zonalari sifatida ko‘rilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0