ShHT 20-yillik sammitining asosiy mavzulari

© Fotoxost-agentstvo sco-russia2020.ru / Mediabankka o‘tishSoveshanie predsedateley verxovnix sudov gosudarstv-chlenov ShOS
Soveshanie predsedateley verxovnix sudov gosudarstv-chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Obuna bo‘lish
Pandemiyaiya oqibatlari, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, va yangi dekada rejalari - Shanxay hamkorligi tashkilotining 21-sammitida muhokama qilinadigan mavzular.
TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘tgan yilgi sammit pandemiya tufayli to‘liq videokonferensiya shaklida o‘tgan edi. Bu yilgi sammit esa oflayn shaklda bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etish uchun ko‘plab davlat rahbarlari hamda nufuzli tashkilot vakillari Dushanbedaga tashrif buyurishgan.
Rossiya, Xitoy, Hindiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari hamda BMT bosh kotibi sammitda onlayn ishtirok etishlarini e’lon qilishgan.
Bugun Dushanbe ko‘rki yanada ochilgan: sammit oldidan minglab gullar ekilib, mehmonlarni qutlovchi bannerlar joylashtirilgan. Poytaxtda misli ko‘rilmagan xavfsizlik choralari ko‘rilgan. “Koxi Navro‘z” qarorgohi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti o‘tkaziladigan an’anaviy joyga aylandi. Bu yil tadbir saroyning eng go‘zal zallaridan biri “Zarandud”da bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Rahmon tomonidan sammitda ishtirok etayotgan davlat rahbarlari sharafiga rasmiy ziyofat bilan yakunlanadi.
Live: 21-y sammit ShOS v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Dushanbeda ShHT sammiti: onlayn translyatsiya
Pandemiya – ShHT kun tartibidagi sammitining asosiy mavzularidan biriga aylanadi. ShHT rahbarlari koronavirus oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha birgalikdagi qanday choralar ko‘rish mumkinligi muhokama qilishadi.
Afg‘oniston. AQSh operatsiyasi tugagandan so‘ng, Tolibon* radikal harakati hokimiyatni qo‘lga kiritdi va Afg‘onistondagi vaziyat keskin yomonlashdi. Gap nafaqat urush va yuzlab qurbonlar haqida, balkim mamlakatning iqtisodiy va gumanitar falokat yoqasiga kelib qolgani haqida ketmoqda.
ShHTda kuzatuvchi davlatlardan biri bo‘lgan Afg‘oniston bir vaqtning o‘zida ittifoqning bir qancha davlatlari bilan chegaradosh. Bugungi vaziyatda ShHTning Afg‘onistonda vaziyatni normallashtirishdagi o‘rni sezilarli darajada oshgan.
Bundan tashqari, Afg‘onistonda vaziyat o‘zgarishi giyohvand moddalar, noqonuniy migratsiya, diniy ekstremizm kabi xavfli illatlar ShHT hududiga ham tarqalishi xavfi mavjud.
Dushanbe sammiti Shanxay hamkorligi tashkilotining 20-yilligida o‘tkazilmoqda. Ushbu munosabat bilan, bugungi sammitda tashkilotning 20-yillik faoliyati natijalari, hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari ham muhokama qilinadi.
Kun tartibida yangi kuzatuvchi davlatlarni qabul qilishi, Eronni ShHTga to‘liq a’zolikka kiritish jarayonini boshlash kutilmoqda. Shunday qilib, tashkilotga a’zo davlatlar soni to‘qqiztaga yetishi mumkin. Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga “muloqot sherigi” maqomi berilishi mumkin.
Sammit yakunida - "Dushanbe deklaratsiyasi" qabul qilinishi rejalashtirilgan. Unda ShHTning yigirma yillik faoliyati natijalari sarhisob qilinadi. Hujjat a’zo davlatlarning mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha baholari va pozitsiyasini aks ettiradi, shuningdek, tashkilotning yaqin kelajakdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.
Bundan tashqari, uchta "yovuz kuch" (terrorizm, separatizm va ekstremizm) ga qarshi kurashish, xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash, giyohvandlikka qarshi strategiyani amalga oshirish, ShHT makonida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator hujjatlarini tasdiqlash rejalashtirilgan.
Pandemiyaning salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi, ShHT iqtisodiy forumi konsepsiyasi va tashkilotning "Yashil kamar" dasturi tasdiqlanishi kutilmoqda. Oziq -ovqat xavfsizligi to‘g‘risida bayonot qabul qilish ham rejalashtirilgan.
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.09.2021
Tojikcha mehmonnavozlik: Rahmon ShHT va KXShT yetakchilari uchun yorqin kecha tashkillashtirdi
Shuningdek, XXR nomzodini tashkilotning bosh kotibi lavozimiga va O‘zbekiston nomzodini ShHTning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (RATS) ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlashi kutilmoqda.
Uchrashuvning yakuniy qismida ShHT madhiyasi ilk bor jaranglaydi. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Dushanbedagi sammiti Tojikiston tomonining raisligini yakunlaydi, so‘ngra raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, ShHT deklaratsiyasi 2001-yilda Shanxayda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston tomonidan tashkil qilingan edi. 2017-yilda tashkilotga Hindiston va Pokiston to‘liq a’zo bo‘lishdi. Afg‘oniston, Belorussiya, Eron va Mo‘g‘uliston ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega. Shuningdek 6ta davlat “muloqot sherigi” maqomida (Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka). Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ShHT sammitining humatli mehmoni bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0