https://oz.sputniknews.uz/20210916/rossiya-tiv-vashingtonni-va-amerika-biznesini-jiddiy-ogohlantirdi-20528682.html
Rossiya TIV Vashingtonni va Amerika biznesini jiddiy ogohlantirdi
Rossiya TIV Vashingtonni va Amerika biznesini jiddiy ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Google va Apple kompaniyalari vakillarini hamda Vashington rasmiylarini bo‘lajak parlament saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi. 16.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-16T21:13+0500
2021-09-16T21:13+0500
2021-09-16T21:18+0500
rossiya
aqsh
saylovlar
rossiya davlat dumasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/10/15197045_16:243:2650:1724_1920x0_80_0_0_022052b781f6c2b3ed5e4cc2145bc860.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vashington rasmiylarini va Amerika biznesi vakillarini kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan Rossiya Davlat Dumasi saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi, dedi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.Undan tashqari, AQShning Rossiyada faoliyat yuritayotgan Google va Apple kompaniyalari vakillari Federatsiya Kengashi xavfsizlik masalalari bo‘yicha raisi huzurga chaqirilib, saylovga o‘tkazilishi xavfsizligi hamda saylovlarga aralashmaslikka doir jiddiy ogohlantirish berildi.Biroz oldin, Rossiya tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar bo‘yicha AQSh rahbariyatiga Rossiya saylovlariga aralashishga oid rad etib bo‘lmas dalillarni yuborganini va ushbu kontent AQSh kompaniyalariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan zudlik bilan olib tashlanisht kerakligi haqia ogohlantirgan edi.Shundan so‘ng AQSh elchisi Jon Sallivan Smolensk maydoniga taklif qilingan edi. (Rossiya TIV binosi aynan shu yerda joylashgan)Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat Dumasiga ovoz berish 17-19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qonun chiqaruvchi organga jami 450 nafar deputatlar saylanishi kerak. Saylovlar onlayn va oflayn ko‘rinishda bo‘li bo‘tadi. Undan tashqari bu safargi saylovlarda 7ta aholi zich joylashgan hududlarda onlayn ovoz berish imkoni mavjud. Shu sababli ham saylovlarning xavfsizlik masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210914/moskva-sudi-facebook-twitter-va-telegramga-yana-jarima-soldi-20492244.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0a/10/15197045_31:0:2760:2047_1920x0_80_0_0_38b1b2008d2452d43168d0c793165afe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, saylovlar, rossiya davlat dumasi
rossiya, aqsh, saylovlar, rossiya davlat dumasi
Rossiya TIV Vashingtonni va Amerika biznesini jiddiy ogohlantirdi
21:13 16.09.2021 (yangilandi: 21:18 16.09.2021) Rossiya Google va Apple kompaniyalari vakillarini hamda Vashington rasmiylarini bo‘lajak parlament saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi.
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Vashington rasmiylarini va Amerika biznesi vakillarini kelayotgan dam olish kunlari bo‘lib o‘tadigan Rossiya Davlat Dumasi saylovlariga aralashmaslik haqida jiddiy ogohlantirdi,
dedi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
“Biz, AQSh hukumati tezkorlik bilan kerakli choralarni ko‘radi deb umid qilamiz. Xabaringiz borki, hozirga qadar Rossiya tomoni Amerika biznesiga qarshi hech qanday chora qabul qilmagan edi, lekin bizning ham sabrimiz cheksiz emas”, - dedi Zaxarova.
Undan tashqari, AQShning Rossiyada faoliyat yuritayotgan Google va Apple kompaniyalari vakillari Federatsiya Kengashi xavfsizlik masalalari bo‘yicha raisi huzurga chaqirilib, saylovga o‘tkazilishi xavfsizligi hamda saylovlarga aralashmaslikka doir jiddiy ogohlantirish berildi.
Biroz oldin, Rossiya tashqi ishlar vazirligi diplomatik kanallar bo‘yicha AQSh rahbariyatiga Rossiya saylovlariga aralashishga oid rad etib bo‘lmas dalillarni yuborganini va ushbu kontent AQSh kompaniyalariga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tarmoq platformalaridan zudlik bilan olib tashlanisht kerakligi haqia ogohlantirgan edi.
Shundan so‘ng AQSh elchisi Jon Sallivan Smolensk maydoniga taklif qilingan edi. (Rossiya TIV binosi aynan shu yerda joylashgan)
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Davlat Dumasiga ovoz berish 17-19 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Qonun chiqaruvchi organga jami 450 nafar deputatlar saylanishi kerak. Saylovlar onlayn va oflayn ko‘rinishda bo‘li bo‘tadi.
Undan tashqari bu safargi saylovlarda 7ta aholi zich joylashgan hududlarda onlayn ovoz berish imkoni mavjud. Shu sababli ham saylovlarning xavfsizlik masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda.