OKMKda sof reniy metalli olindi

© Sputnik / N. Bobrov / Mediabankka o‘tishAlmalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat
Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu metall Mendeleyev davriy jadvalida 75-o‘rinni egallab, o‘ziga xos noyob fizik-kimoviy xossalariga ko‘ra ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi.
TOShKENT, 16 sen – Sputnik.Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 99,9% sof holda reniy metalli olinishiga erishildi. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar qildi.
Kombinatda kelgusida ushbu mahsulot sanoat masshtabida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu metall neftni qayta ishlash sanoatida, shuningdek, aviasozlik, elektrotexnika sohalarida detallar uchun asosiy element sifatida foydalaniladi.
© OKMK axborot xizmatiReniy metalli
Reniy metalli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.09.2021
Reniy metalli
Shuningdek, tibbiyotda turli og‘ir xastaliklarni davolashda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlaridagi maxsus uskunalarni tayyorlashda qo‘llaniladi.
Zargarlikda esa reniydan qimmatbaho buyumlarni bezash uchun qoplama sifatida foydalaniladi.
Yadro sanoatida esa ushbu metalldan termoparalar tayyorlashda foydalanilmoqda. Bu reaktorda yuqori haroratni o‘lchash imkonini beradi.
Jahon bozorida 1 gr reniyning o‘rtacha narxi 9 dollar atrofida turadi.
Palladiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2020
Olmaliq kombinatida ilk bor sof palladiy olindi
Yangiliklar lentasi
0