Rossiyada terrorchilar safiga odam yollash bilan shug‘ullangan migrantlar qo‘lga olindi

© FSB RF / Mediabankka o‘tishSotrudniki FSB RF
Sotrudniki FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yollovchilar Tojikistondan kelgan shaxslar bo‘lgan. Taqiqlangan faoliyatga ayollar ham jalb etilgan
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida "Katiba Tavxid val-jihod" terrorchilik tashkiloti safiga (RF taqiqlangan) odamlarni yollashda gumonlangan ikki nafar mehnat muhojiri qo‘lga olindi.
FXXning Krasnoyarsk o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot-xizmati bergan xabarga ko‘ra, ikki nafar fuqaro terrorchilik mafkurasini keng yoyish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan ushbu regionga kelgani aniqlangan.
"MK Krasnoyarsk" nashri o‘z manbasiga tayanib, aniqlik kiritishicha, yollovchilar Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Rossiya FXX Qrim va Tataristonda ID* moliyachilarini qo‘lga oldi - video
Nashr manbasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar ayollar o‘rtasida ham mafkurani keng targ‘ib qilish ishlari bilan shug‘ullangan.
Yollanuvchi erkaklarga islom dinini qabul qilib, so‘ngra tashkilot a’zosiga aylanish, ayollarga esa terrorchilarga xotin bo‘lish taklif etilgan.
Ikkala gumonlanuvchi ham hibsga olingan. Ularga nisbatan terrorchilik faoliyatiga ko‘maklashish fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Yangiliklar lentasi
0