Mehnat migrantlarini charter reys va poyezdlarda olib ketish yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2021
Obuna bo‘lish
“O‘zbekistonda qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi va savdo sohalarida mehnat resurslarini tayyorlash tashkil etiladi - Xusnulin.
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Yaqin kelajakda Rossiyaga mehnat migrantlari uchun charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida RIA Novostiga tayanib Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
“Ular uchun emlashni tashkil qilish ham kerak”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin. "Biz zudlik bilan Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Tatana Alekseyevna Golikova bilan O‘zbekistonda nafaqat qurilish sohasida, balki uy-joy kommunal xo‘jaligi, savdo sohasida ham mehnat resurslarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etishga kelishib oldik.
Migrantlar umumiy sonida quruvchilar ulushi - 46% bo‘ladi. Tatana Alekseyevna tez orada qachon va qancha muhojirlarni olib kelishini aniq xabar qilishiga umid qilaman", - deydi Husnullin.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondan keladigan charter reyslari amalga oshirila boshlanganidan so‘ng, Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni emlash tashkil etiladi.
Yaqinda O‘zbekiston va Rossiya mehnat vazirliklari delegatsiyalari uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat migrantlarini yuborish jarayonini soddalashtirish va patent olish tartiblarini tezlashtirish haqida kelishib olishgan edi. Undan tashqari yaqin kunlarda O‘zbekistondan 10 mingga yaqin quruvchilar tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga yuborilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0