https://oz.sputniknews.uz/20210915/lavrov-rf-markaziy-osiyodan-xatarlarni-chetlatish-uchun-toliblar-bilan-aloqada-bolib-turibdi-20504890.html
Lavrov: RF Markaziy Osiyodan xatarlarni chetlatish uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi
Lavrov: RF Markaziy Osiyodan xatarlarni chetlatish uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi
Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shnilaridan xatarlarni olib tashlash uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib... 15.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-15T13:45+0500
2021-09-15T13:45+0500
2021-09-15T13:45+0500
siyosat
afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1b/18520253_0:96:3072:1824_1920x0_80_0_0_357f2864b83035f97f26278ad7b3736c.jpg
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari, mudofaa vazirlari va KXShT xavfsizlik kengashi kotiblarining qo‘shma yig‘ilishida RF nima sababdan toliblar bilan aloqada bo‘lib turgani haqida gapirdi.RF TIV rahbarining fikriga ko‘ra, bu Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar uchun har qanday xatarlarni chetlatish uchun zarurdir."Toliblar o‘z maqsadlari haqida baralla gapirdilar, jumladan, ular terrorizmga va narkotrafikka qarshi kurash olib borishni davom ettirishga sobitligini ma’lum qilib, Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlar uchun hech qanday xatar bo‘lmasligi uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdilar", - deb aniqlik kiritdi Lavrov.Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, toliblar qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish niyatida emasliklarini aytib, ishontirishgan. Shuningdek, toliblar, afg‘on jamiyatining to‘liq - siyosiy, etnik, konfessional spektrlari o‘z aksini topadigan inklyuziv hukumatni shakllantirishlarini ma’lum qilganlar."Dunyoning aksariyat mamlakatlari singari biz bunday yondashuvni qo‘llab-quvvatladik, va hozirda bu qay tarzda hayotga tatbiq etilishini kuzatmoqdamiz", - dedi Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi rahbari.Lavrovning ta’kidlashicha, yakuniy xulosa chiqarish uchun hali erta.Ayni bosqichda RF qo‘shni davlatlarga bo‘ladigan har qanday xatarlarni olib tashlash uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210915/toliblar-afgonistondagi-istirohat-boglarida-hordiq-chiqarishmoqda-20503616.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1b/18520253_246:0:2977:2048_1920x0_80_0_0_315f456341a31ab160daaf715e283bcf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
siyosat, afg‘oniston: 30-yil tinchlik ilinjida
Lavrov: RF Markaziy Osiyodan xatarlarni chetlatish uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi qo‘shnilaridan xatarlarni olib tashlash uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Dushanbeda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlari, mudofaa vazirlari va KXShT xavfsizlik kengashi kotiblarining qo‘shma yig‘ilishida RF nima sababdan toliblar bilan aloqada bo‘lib turgani haqida gapirdi.
RF TIV rahbarining fikriga ko‘ra, bu Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar uchun har qanday xatarlarni chetlatish uchun zarurdir.
"Toliblar o‘z maqsadlari haqida baralla gapirdilar, jumladan, ular terrorizmga va narkotrafikka qarshi kurash olib borishni davom ettirishga sobitligini ma’lum qilib, Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlar uchun hech qanday xatar bo‘lmasligi uchun bor imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdilar", - deb aniqlik kiritdi Lavrov.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, toliblar qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatni beqarorlashtirish niyatida emasliklarini aytib, ishontirishgan. Shuningdek, toliblar, afg‘on jamiyatining to‘liq - siyosiy, etnik, konfessional spektrlari o‘z aksini topadigan inklyuziv hukumatni shakllantirishlarini ma’lum qilganlar.
"Dunyoning aksariyat mamlakatlari singari biz bunday yondashuvni qo‘llab-quvvatladik, va hozirda bu qay tarzda hayotga tatbiq etilishini kuzatmoqdamiz", - dedi Rossiya tashqi siyosiy mahkamasi rahbari.
Lavrovning ta’kidlashicha, yakuniy xulosa chiqarish uchun hali erta.
Ayni bosqichda RF qo‘shni davlatlarga bo‘ladigan har qanday xatarlarni olib tashlash uchun toliblar bilan aloqada bo‘lib turibdi.