Toshkent shahrida dzudochi Kamoliddin Rasulov o‘ldirildi

© GUVD g. TashkentaAvtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP
Avtomobil pravooxranitelnix organov Uzbekistana na meste DTP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Xodisaga ikki sportchi o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab ekanligi aytilmoqda.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Qashqadaryolik dzudochi Kamoliddin Rasulov Toshkent shahar Uchtepa tumanida pichoqlab o‘ldirildi. Bu ma’lumotni Sputnik O‘zbekiston muxbiriga dzudo federatsiyasi matbuot-kotibi tasdiqladi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi bergan ma’lumotlarga ko‘ra voqea 13-sentabr 21:30 da sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, 30 yoshli ayblanuvchi Kamoliddin Rasulovga telefon qilib, undan xarid qilib olgan vitaminni uning tavsiyasiga ko‘ra ichgani, buni natijasida shifokorlar unga tuzalmas dardga chalinganligini aytishgani haqida gapirib, K. Rasulovni uchrashib olishga chaqirgan.
Master sporta Elbek Raximov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2021
MMA jangchisi Elbek Rahimov o‘ldirib ketildi: 6 kishi qamoqqa olindi
Ikki tanish ko‘rishganda, o‘rtada janjal chiqqan va ayblanuvchi K. Rasulovga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan bir necha marta zarba bergan. Jarohat chuqur bo‘lganligi bois, jabrlanuvchi vafot etgan. Ayblanuvchiga nisbatan qasddan odam o‘ldirganlik aybi qo‘yilib, xibsga olingan va hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Kamoliddin Rasulov 2019-yilgi Toshkent Gran-Pri turnirining kumush medali sovrindori, O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi.
Kuni kecha e’lon qilingan IJF reytingida 81 kg vazn toifasida 34- o‘rinni egallagan.
Yangiliklar lentasi
0