Soxta saytlar o‘zbekistonliklarni “Uzcard” nomidan aldamoqda
Soxta saytlar o‘zbekistonliklarni “Uzcard” nomidan aldamoqda
Sputnik O‘zbekiston
Firibgarlar bu soxta saytlar orqali bank xizmatlarining faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 so‘m kompensatsiya to‘lanishini aytib aldashadi. 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekistonda “Uzcard” nomidan uz-investt. space, invest-uz. space. kabi soxta sayt ochgan firibgarlarning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirdi.Ma’lum qilishicha, firibgarlar bu soxta saytlar orqali “UzCard Investment” loyihasi doirasida bankning faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 so‘m kompensatsiya to‘lanishi, buning uchun foydalanuvchilarning shaxsiga oid va bank plastik kartasi ma’lumotlari, telefon raqamini hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlarini so‘rashadi.Natijada katta pulga ega bo‘lish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar ularning qurboniga aylanishadi.“Uzcard” kompaniyasi ham “Uzcard”ning rasmiy servislari uzcard.uz domenida ro‘yxatdan o‘tganini eslatib, shubhali havolalar orqali o‘tmaslik va hech qanday amaliyotlarni bajarmaslikni so‘ragan.“Yodingizda tuting, UZCARD va bank xodimlari hech qachon maxfiy SMS-kodni va shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydilar. Agar siz firibgarlarning qurboniga aylangan bo‘lsangiz, birinchi navbatda sizga xizmat ko‘satuvchi bankka va huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qiling”, - deyilgan xabarda.
Firibgarlar bu soxta saytlar orqali bank xizmatlarining faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 so‘m kompensatsiya to‘lanishini aytib aldashadi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. O‘zbekistonda “Uzcard” nomidan uz-investt. space, invest-uz. space. kabi soxta sayt ochgan firibgarlarning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirdi.
Ma’lum qilishicha, firibgarlar bu soxta saytlar orqali “UzCard Investment” loyihasi doirasida bankning faol foydalanuvchilariga bir martalik 994 ming 558 so‘m kompensatsiya to‘lanishi, buning uchun foydalanuvchilarning shaxsiga oid va bank plastik kartasi ma’lumotlari, telefon raqamini hamda sms tariqasida kelgan tasdiqlash kodini kiritishlarini so‘rashadi.
Natijada katta pulga ega bo‘lish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar ularning qurboniga aylanishadi.
“Uzcard” kompaniyasi ham “Uzcard”ning rasmiy servislari uzcard.uz domenida ro‘yxatdan o‘tganini eslatib, shubhali havolalar orqali o‘tmaslik va hech qanday amaliyotlarni bajarmaslikni so‘ragan.
“Yodingizda tuting, UZCARD va bank xodimlari hech qachon maxfiy SMS-kodni va shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramaydilar. Agar siz firibgarlarning qurboniga aylangan bo‘lsangiz, birinchi navbatda sizga xizmat ko‘satuvchi bankka va huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qiling”, - deyilgan xabarda.