Putin karantinga ketishi mumkin

© Sputnik  / Mediabankka o‘tishTranslyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim
Translyatsiya pramoy linii s prezidentom RF V. Putinim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti tez orada karantinga ketib qolishi ehtimoli haqida e’lon qildi
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin karantinga ketishi mumkin. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning atrofidagi aksariyat odamlar koronavirus bilan bemorlangan.
Putin bu haqda Kremlda paralimpiyachilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv vaqtida ma’lum qildi.
"Mening atrofimda kovid bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lmoqda. U yerda nimalar ro‘y berayotganiga aniqlik kiritish lozim. O‘ylashimcha, meni o‘zim tez orada karantinga ketaman. Atrofda ko‘p odamlar kasallanmoqda", - deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v otkritii pamatnika imperatoru Aleksandru III - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Putin Sputnik V bilan emlanganini tan oldi
Iyul oyi boshida prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarning davlat rahbari o‘z ishchi safarlari vaqtida koronavirusga chalinishi xavfi mavjudmi degan savolga javob berdi.
Kreml vakili so‘zlariga ko‘ra, Putinning barcha tashriflari epidemiologik talablarni hisobga olgan holda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot vaqtida RF prezidenti Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi bilan emlangani haqida xabar bergan edi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng unda bir oz harorat ko‘tarilgan, shuningdek, ukol qilingan joyda noqulaylik sezilgan.
Emlangandan so‘ng Putin bir necha kunga sport mashg‘ulotlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan.
Yangiliklar lentasi
0