https://oz.sputniknews.uz/20210914/ozbekistonda-seysmik-xavfsizlikni-taminlash-togrisida-qonun-qabul-qilindi-20489728.html
O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi
O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Qonunga ko‘ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. 14.09.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-09-14T15:56+0500
2021-09-14T15:56+0500
2021-09-14T16:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
zilzila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20486224_0:28:1921:1108_1920x0_80_0_0_c0cc7c4987198a8283eb113b76b0777b.jpg
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.Qonunga ko‘ra, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:O‘zbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi obyektlar har 5-yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi.Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi obyektlar har 10-yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkaziladi.IV toifadagi obyektlarga taalluqli suv omborlari to‘g‘onlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.Suv omborlari to‘g‘onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o‘tkaziladi.Qonunga ko‘ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210203/Namanganda-4-balli-zilzila-sodir-bldi-15922281.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/0e/20486224_202:0:1717:1136_1920x0_80_0_0_df92865a357dfead6f29cd612d718064.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, zilzila
jamiyat, o‘zbekiston, zilzila
O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risida qonun qabul qilindi
15:56 14.09.2021 (yangilandi: 16:31 14.09.2021) Qonunga ko‘ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi, deb
xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Qonunga ko‘ra, seysmik xavfsizligi ta’minlanadigan obyektlar ahamiyatiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
I toifa – xavflilik omili past bo‘lgan obyektlar;
II toifa – xavflilik omili o‘rtacha bo‘lgan obyektlar;
III toifa – xavflilik omili yuqori bo‘lgan obyektlar;
IV toifa – xavflilik omili juda yuqori bo‘lgan obyektlar.
O‘zbekiston hududida seysmik xavfni baholash Fanlar akademiyasi tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyihalashtirilgan hamda qurilgan II–IV toifadagi obyektlar har 5-yilda zilzilabardoshlikka doir vizual tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Seysmik faol zonalarda joylashgan III–IV toifadagi obyektlar har 10-yilda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
Seysmik faol zonalarda yangi qurilgan III–IV toifadagi obyektlar ishga tushirilayotganda zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan majburiy tartibda o‘tkaziladi.
IV toifadagi obyektlarga taalluqli suv omborlari to‘g‘onlarida va gidroelektrostansiyalarda instrumental-texnik tekshiruvlar bir yilda ikki marta o‘tkaziladi.
Suv omborlari to‘g‘onlarining instrumental-texnik tekshiruvlari seysmik faol hududlarda sodir bo‘lgan har bir kuchli zilziladan keyin majburiy tartibda o‘tkaziladi.
Qonunga ko‘ra, kuchli zilzilalar natijasida yetkazilgan zararni baholashga doir ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.