O‘zbekiston Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan amerikaliklarni o‘tkazishga va’da berdi

© AFP / ANNA MONEYMAKEREvakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.09.2021
Obuna bo‘lish
AQSh davlat kotibi O‘zbekiston hukumati AQSh fuqarolarini o‘z hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yordam berishga va’da berganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. AQSh O‘zbekiston, Tojikiston va Pokiston bilan bu mamlakatlar hududi orqali Afg‘onistondan evakuatsiya qilinayotgan amerikaliklarni o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken afg‘on masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda nutq so‘zlayotib ma’lum qildi.
“Biz bir qator davlatlar, jumladan, Pokiston, O‘zbekiston, Tojikiston bilan chegaralar Amerika fuqarolari, AQShda yashash guvohnomasiga ega bo‘lganlar hamda Afg‘onistonni tark etishga harakat qilayotgan va biz ularga ko‘maklashayotgan Amerika vizasi sohiblari uchun ochiq qolishi borasida ish olib bordik. Bizning hozir bu uchta mamlakat bilan kelishuvlarimiz bor”, — degan Blinken.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov O‘zbekiston hududiga qochib o‘tgan hamma afg‘on uchuvchi harbiylari oila a’zolari bilan birga boshqa mamlakatga evakuatsiya qilinganini xabar qilgandi.
Evakuiruyemie afgansi, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.09.2021
Afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan AQShning Dohadagi harbiy bazasiga ko‘chirish boshlandi
Yangiliklar lentasi
0