https://oz.sputniknews.uz/20210913/mirziyoev-saratonni-davolaydigan-dorilarni-ozbekistonda-ishlab-chiqarishni-buyurdi-20475439.html
Mirziyoyev saratonni davolaydigan dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni buyurdi
Mirziyoyev saratonni davolaydigan dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni buyurdi
Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda. 13.09.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-09-13T15:32+0500
2021-09-13T15:32+0500
2021-09-13T15:32+0500
iqtisod
dorilar narxi
tibbiyot sohasi tanqid ostida
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_b4dd65e2151709bdb64ae352760836df.jpg
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik, gormonal, qon preparatlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdi, deb xabar qildi bugun, 13 sentyabr kuni oʻtkazilgan brifingda prezident matbuot-kotibi Sherzod Asadov."Prezident tomonidan berilgan eng katta topshiriqlardan biri murakkab komponentli dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha boʻldi. Oʻzbekistonga chetdan olib kelinayotgan dorilar tahlili ham shuni koʻrsatmoqdaki, ularning 51 foizi jenerik, 39 foizi biopreparatlardir. Onkologik, gormonal, qon preparatlari kabi bu vositalar narxi juda qimmatligi bemorlarga ham qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun prezident zarur texnologiyalarni olib kelib, bunday dori-darmonlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdilar", - dedi Asadov.Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning aytishicha, mamlakatda 2022-2026 yillarda qiymati 1,25 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etilishi moʻljallangan.Ular orasidan onkologiyaga qarshi dorilarni ishlab chiqarish, vaktsinani mahalliylashtirish singari loyihalar oʻrin olgan.Shuningdek, Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarni ishlab chiqarishni yaxshi yoʻlga qoʻygan korxonalarni tanlab olib, korxonalarni tanlab olib, ushbu korxonalarga yana qoʻshimcha yer ajratish, kerakli infratuzilma, kredit, davlat roʻyxatidan oʻtkazish singari masalalarda koʻmak berish rejalashtirilgan.Yuqorida aytilgan loyihalar natijasida 376 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanib, 84 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi hisob-kitob qilingan. "Eng muhimi, 9 mingga yaqin kishi ish bilan taʼminlanadi. Prezidentimiz bu loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini taʼkidlab, ularni jadallashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi", - deydi Kariyev.Oʻzbekistonda 2017 yilda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tuzilgan boʻlib, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, yangi korxonalar tashkil etish uchun keng sharoitlar yaratildi.Bularning natijasida minglab dori vositalari va tibbiy buyumlarni mamlakatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Umumiy ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi va ichki bozorni 55 foizga taʼminlashga erishildi.Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20200715/Bukhorolik-farmatsevt-dorivor-simliklarni-zi-etishtirmoda-14545886.html
https://oz.sputniknews.uz/20200129/Toshkent-viloyatida-Farmatsevtika-tekhnik-universiteti-tashkil-etiladi-13329004.html
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/75/01/750158_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_3b3c623d1326ba9e7c83547b17b6d676.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dorilar narxi, tibbiyot sohasi tanqid ostida
dorilar narxi, tibbiyot sohasi tanqid ostida
Mirziyoyev saratonni davolaydigan dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni buyurdi
Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda.
TOSHKENT, 13 sen - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev onkologik, gormonal, qon preparatlarini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdi, deb xabar qildi bugun, 13 sentyabr kuni oʻtkazilgan brifingda prezident matbuot-kotibi Sherzod Asadov.
"Prezident tomonidan berilgan eng katta topshiriqlardan biri murakkab komponentli dorilarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha boʻldi. Oʻzbekistonga chetdan olib kelinayotgan dorilar tahlili ham shuni koʻrsatmoqdaki, ularning 51 foizi jenerik, 39 foizi biopreparatlardir. Onkologik, gormonal, qon preparatlari kabi bu vositalar narxi juda qimmatligi bemorlarga ham qiyinchilik tugʻdiradi. Shuning uchun prezident zarur texnologiyalarni olib kelib, bunday dori-darmonlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha koʻrsatma berdilar", - dedi Asadov.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevning aytishicha, mamlakatda 2022-2026 yillarda qiymati 1,25 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etilishi moʻljallangan.
Ular orasidan onkologiyaga qarshi dorilarni ishlab chiqarish, vaktsinani mahalliylashtirish singari loyihalar oʻrin olgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarni ishlab chiqarishni yaxshi yoʻlga qoʻygan korxonalarni tanlab olib, korxonalarni tanlab olib, ushbu korxonalarga yana qoʻshimcha yer ajratish, kerakli infratuzilma, kredit, davlat roʻyxatidan oʻtkazish singari masalalarda koʻmak berish rejalashtirilgan.
Yuqorida aytilgan loyihalar natijasida 376 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanib, 84 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi hisob-kitob qilingan.
"Eng muhimi, 9 mingga yaqin kishi ish bilan taʼminlanadi. Prezidentimiz bu loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini taʼkidlab, ularni jadallashtirish boʻyicha topshiriqlar berdi", - deydi Kariyev.
Oʻzbekistonda 2017 yilda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tuzilgan boʻlib, dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash, yangi korxonalar tashkil etish uchun keng sharoitlar yaratildi.
Bularning natijasida minglab dori vositalari va tibbiy buyumlarni mamlakatda ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Umumiy ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi va ichki bozorni 55 foizga taʼminlashga erishildi.
Oʻzbekiston yetakchisi endilikda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni taʼminlash darajasini 80 foizga yetkazish vazifasini qoʻymoqda.