https://oz.sputniknews.uz/20210913/masofaviy-elektron-deklaratsiyalash-bojxona-postlari-tashkil-etiladi-20476971.html
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi
1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy... 13.09.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-09-13T17:09+0500
2021-09-13T17:09+0500
2021-09-13T17:09+0500
iqtisod
bojxona
davlat bojxona qoʻmitasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/773/24/7732446_0:125:2379:1463_1920x0_80_0_0_02b0f634dd17d48a942a06a8b21ef12b.jpg
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.Farmon bilan quyidagi hududlarda toifadan tashqari maqomga ega boʻlgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi:2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.Hujjatga asosan quyidagi bojxona postlari tugatiladi:2021 yil 1 dekabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida: 2022 yil 1 yanvardan: ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari TIF ishtirokchisiga 3 ish kuni davomida qaytariladi. Bundan tashqari, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi.Hujjat bilan davlat bojxona qoʻmitasi tizimida Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etiladi. Laboratoriya Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi” maqomini olish choralari koʻriladi.Laboratoriya nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash bilan bogʻliq boshqa xizmatlarni koʻrsatadi.
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/773/24/7732446_132:0:2247:1586_1920x0_80_0_0_cdce996a92dd9b8252a97c92c531bb5c.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
bojxona, davlat bojxona qoʻmitasi
bojxona, davlat bojxona qoʻmitasi
“Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari tashkil etiladi
1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident
farmoni qabul qilindi, deb
xabar berdi Adliya vazirligi.
Farmon bilan quyidagi hududlarda toifadan tashqari maqomga ega boʻlgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi:
2021 yil 1 oktyabrdan Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalarida;
2022 yil 1 apreldan boshqa hududiy boshqarmalarda.
2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” postlari tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylashtiradi.
Hujjatga asosan quyidagi bojxona postlari tugatiladi:
2021 yil 1 dekabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” Davlat chegarasi orqali avtomobil oʻtkazish punktlarida:
veterinariya va fitosanitariya organlarining hujjatlarini “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali tekshiradi;
veterinariya va fitosanitariya organlarining tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan: ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari TIF ishtirokchisiga 3 ish kuni davomida qaytariladi. Bundan tashqari, bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va ushbu muddatda foizlar undirilmaydi.
Hujjat bilan davlat bojxona qoʻmitasi tizimida Markaziy bojxona laboratoriyasi tashkil etiladi. Laboratoriya Jahon bojxona tashkilotining “Mintaqaviy bojxona laboratoriyasi” maqomini olish choralari koʻriladi.
Laboratoriya nikotin saqlovchi mahsulotlar va spirtli ichimliklar tarkibini aniqlash, tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish va sertifikatsiyalash bilan bogʻliq boshqa xizmatlarni koʻrsatadi.