Jamiyat

Hafta davomida havo kam bulutli va quruq boʻlishi kutilmoqda

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishOsenniye listya
Osenniye listya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hafta oxiriga kelib havo harorati asta-sekin +32…+37 darajagacha koʻtariladi.
TOSHKENT, 13 sen – Sputnik. Oʻtgan hafta davomida Volga boʻyi hududlaridan antittsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozogʻiston hududi tomonga qarab chekinadi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Bugun Oʻzbekistonda harorat +27…+32 daraja boʻlgan quruq va nisbatan salqin havo boʻlishi kutilmoqda. Bu ushbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga va haftaning oxirigacha respublika hududi boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Kechasi va erta tongda havo +12…+15 daraja atrofida salqin boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni isitadi. Harorat 14 senyabr kuni +29…34 darajadan hafta oxiriga kelib +32…+37 darajagacha asta-sekin koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0