Ombudsmanning joylarda mintaqaviy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Obuna bo‘lish
Ombudsman mintaqaviy vakillari fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi.
Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;
fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘zlarining faoliyatida bevosita ombudsmanga hisobdordir.
Deti sostavlyayut igrayut v nastolnie igri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2021
Bolalar ombudsmani instituti ta’sis etildi
Shuningdek, yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0