Jamshid Xo‘jayev Agrar universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi

© Press-slujba Minselxoz UzbekistanaMinistr selskogo xozaystva Uzbekistana Jamshid Xodjayev
Ministr selskogo xozaystva Uzbekistana Jamshid Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2021
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi vaziri endi Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini ham bajaradi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi yuklatildi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Bu borada Hukumatning tegishli qarori qabul qilingan. Xo‘jayev Botir Sulaymonov o‘rniga ushbu lavozimni egalladi.
Azim Axmedxadjayev naznachen pervim zamestitelem ministra energetiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Azim Ahmadxo‘jayev energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Ma’lumot uchun, Jamshid Xo‘jayev 1979-yilda tavallud topgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan "Umid" jamg‘armasi stipendianti.
U 2003-yilda Buyuk Britaniyadagi Birmingem universiteti xalqaro iqtisodiy aloqalar va davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistranti. O‘z mehnat faoliyati davomida Markaziy bank, Milliy bank, Hisob palatasida ishlagan. 2017-yil oxirida tashqi savdo vaziri etib tayinlangan. 2019-yilning yanvaridan Qishloq xo‘jaligi vazirligini boshqarib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0