Rossiyaga delegatsiyasi "Ishga marhamat" monomarkazi faoliyati bilan tanishdi

© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Obuna bo‘lish
Monomarkazlarda nafaqat kasbga yo‘naltirish, balkim til o‘rgatish va mezbon mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirish ishlari ham olib boriladi.
TOShKENT, 11 sen - Sputnik. Toshkent shaxridagi “Ishga marxamat” monomarkazida 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlari uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari, “Ishga marxamat” monomarkazi faoliyati bilan tanishib, u yerda chet davlatda ishlash istagida bo‘lagan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish va ularga til o‘rgatish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.
Monomarkazlar faoliyati nafaqat kasbga yo‘naltirish va til o‘rgatish, balkim mezbon mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirishdan ham iborat, deydi O‘zbekiston mehnat vaziri.
“Istaymizki, mamlakatimizning hech bir fuqarosi xorijiy mamlakatlarga kasbiy tayyorgarliksiz ishlash uchun bormasin”,- deydi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonning barcha hududlarida 200 dan ortiq kasb-hunar ta’limi markazlari ishga tushirilgan bo‘lib, ularning 13 tasi Rossiya Federatsiyasida ishga joylashish uchun qurilish ishchilariga tayyorlashga qaratilgan. Yil boshidan buyon esa 51 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyaga yuborildi.
© SputnikVizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2021
Vizit delegatsii Mintruda RF v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0